QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят104

يَوْمَ نَطْوِى ٱلسَّمَآءَ كَطَىِّ ٱلسِّجِلِّ لِلْكُتُبِ ۚ كَمَا بَدَأْنَآ أَوَّلَ خَلْقٍ نُّعِيدُهُۥ ۚ وَعْدًا عَلَيْنَآ ۚ إِنَّا كُنَّا فَـٰعِلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`sha kunda osmonni xuddi maktub yozilgan daftarni yopgandek yopamiz. Avval qanday yaratgan bo`lsak, shunday holga qaytaramiz. Bu zimmamizdagi va'dadir. Albatta, Biz buni qilguvchimiz.Ўша кунда осмонни худди мактуб ёзилган дафтарни ёпгандек ёпамиз. Аввал қандай яратган бўлсак, шундай ҳолга қайтарамиз. Бу зиммамиздаги ваъдадир. Албатта, Биз буни қилгувчимиз.Alauddin Mansour: U kunda Biz osmonni ham xuddi maktub yozilgan sahifani oʻragan yangligʻ oʻrab, birinchi marta qanday yaratgan boʻlsak, (oʻsha holga) qaytarurmiz. (Bu) Bizning zimmamizdagi vaʼdadir. Albatta Biz (shunday) qilguvchidirmiz.У кунда Биз осмонни ҳам худди мактуб ёзилган саҳифани ўраган янглиғ ўраб, биринчи марта қандай яратган бўлсак, (ўша ҳолга) қайтарурмиз. (Бу) Бизнинг зиммамиздаги ваъдадир. Албатта Биз (шундай) қилгувчидирмиз.

331-sahifa · 17-juz · 33-hizb331-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَوْمَoʻsha kundaўша кундаنَطْوِىyopamizёпамизٱلسَّمَآءَosmonniосмонниكَطَىِّyopgandekёпгандекٱلسِّجِلِّdaftarniдафтарниلِلْكُتُبِ ۚmaktub yozilganмактуб ёзилганكَمَاqandaykiқандайкиبَدَأْنَآBiz boshladikБиз бошладикأَوَّلَavvalgiаввалгиخَلْقٍۢyaratishniяратишниنُّعِيدُهُۥ ۚuni qaytaramizуни қайтарамизوَعْدًاvaʼdadirваъдадирعَلَيْنَآ ۚzimmamizdagiзиммамиздагиإِنَّاalbatta, Bizалбатта, Бизكُنَّاerurmizэрурмизفَـٰعِلِينَbuni qilguvchilarбуни қилгувчилар
TafsirТафсир

Xuddi, hisob-kitob yozib boruvchi shaxs ishini tugatib, daftarini yopganidek, qiyomat kunida osmon ham shunday yopiladi. Demak, dunyodagi ishlar hammasi bitgan, oxiriga yetgan boʻladi. Endi ishga, amalga, savob topish yoki tavba qilishga fursat qolmaydi.

Alloh taolo u kunda barcha xaloyiqni avvalgi holiga qaytaradi. Hamma ishlar bir boshdan hisob-kitob qilinadi. Hammaga amaliga yarasha mukofot yoki jazo beriladi.

«Bu zimmamizdagi vaʼdadir.»

Alloh, shunday qilaman, deb vaʼda berib qoʻygan. U doimo vaʼdasi ustidan chiqadigan Zotdir.

«Albatta, Biz buni qilguvchimiz.»

Qilmasdan qoʻymaymiz. Shuning uchun, hozirdan tayyorgarlik koʻravering. Bunga oʻxshash gaplar qadimdan boʻlib kelayotibdi, yangilik emas.