QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят105

وَلَقَدْ كَتَبْنَا فِى ٱلزَّبُورِ مِنۢ بَعْدِ ٱلذِّكْرِ أَنَّ ٱلْأَرْضَ يَرِثُهَا عِبَادِىَ ٱلصَّـٰلِحُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz Zikrdan so`ng Zaburda ham: «Albatta, yerga solih bandalarim merosxo`r bo`lurlar», deb yozgan edik.Батаҳқиқ, Биз Зикрдан сўнг Забурда ҳам: «Албатта, ерга солиҳ бандаларим меросхўр бўлурлар», деб ёзган эдик.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, Biz (Lavhul-mahfuzda) zikr qilgandan soʻng Zaburda: «Albatta (jannatning) yeriga mening solih bandalarim voris boʻlurlar», deb yozib qoʻygandirmiz.Дарҳақиқат, Биз (Лавҳул-маҳфузда) зикр қилгандан сўнг Забурда: «Албатта (жаннатнинг) ерига менинг солиҳ бандаларим ворис бўлурлар», деб ёзиб қўйгандирмиз.

331-sahifa · 17-juz · 33-hizb331-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқكَتَبْنَاBiz yozgan edikБиз ёзган эдикفِى-da-даٱلزَّبُورِZaburЗабурمِنۢ-dan-данبَعْدِsoʻngсўнгٱلذِّكْرِzikrзикрأَنَّalbattaалбаттаٱلْأَرْضَyergaергаيَرِثُهَاmerosxoʻr boʻlurlarмеросхўр бўлурларعِبَادِىَbandalarimбандаларимٱلصَّـٰلِحُونَsolihсолиҳ
TafsirТафсир

Ulamolarimiz ushbu oyati karimadagi «zikr» va «yer» soʻzlaridan koʻzlangan maqsad haqida ikki xil fikr bildirganlar. Baʼzilari: «zikr»dan murod–Tavrotdir, shunga koʻra, oyatning maʼnosi: «Batahqiq, Biz Tavrotdan soʻng Zaburda ham: «Albatta, yerga solih bandalarim merosxoʻr boʻlurlar», deb yozgan edik» boʻladi, deydilar. Boshqalari esa: «zikr»dan murod–Lavhul Mahfuz, binobarin, avval oʻsha maʼnoni Lavhul Mahfuzga yozib, keyin Zaburga ham yozgan edik, maʼnosi chiqadi, deganlar.

«Yer» haqida esa, baʼzi ulamolarimiz «oddiy yer koʻzda tutilgan» desalar, boshqalari «jannat yeri nazarda tutilgan», deydilar. Ushbu ikki xil maʼnoni qoʻshib, har ikkisi koʻzda tutilgan, desa ham boʻladi.