وَمَآ أَرْسَلْنَـٰكَ إِلَّا رَحْمَةً لِّلْعَـٰلَمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz seni olamlarga faqat rahmat qilib yubordik.Биз сени оламларга фақат раҳмат қилиб юбордик.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), darhaqiqat, Biz sizni barcha olamlarga faqat rahmat (yaʼni, Allohning rahmati-jannatiga yetaklaguvchi) qilib yubordik.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), дарҳақиқат, Биз сизни барча оламларга фақат раҳмат (яъни, Аллоҳнинг раҳмати-жаннатига етаклагувчи) қилиб юбордик.
Ey Muhammad, Biz seni Paygʻambar etib yuborishimizdan maqsad–olamlarga faqat rahmat boʻlishingdir. Alloh taolo Odam Atodan boshlab bandalariga ular bir ummat–din boʻlishlari uchun yuborib kelayotgan Paygʻambarlar sisilasini Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamda tugatdi. Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamni insoniyat oʻsib-ulgʻayib kamolga yetgan paytida mukammal va barkamol Islom ila yubordi. Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamni barcha olamlarga rahmat qilib yubordi. U zot sollallohu alayhi vasallam keltirgan din, Qurʼon, taʼlimotlar barcha olamlarga rahmat-shafqatdir. Jamodot va nabotot olamiga ham, hayvonot va insonlar olamiga ham, yana boshqa olamlar boʻlsa, ularga ham rahmatdir. Ham bu dunyoning rahmat-shafqati, ham u dunyoning rahmat-shafqatidir. Buni fahmlab olish qiyin emas. Islom taʼlimotlariga bir nazar solishning oʻzi kifoya. Butun olamlarga mehr-muhabbat, rahim-shafqat ulardan balqib turganini har qanday odam darhol payqab oladi.
Ey, butun olamlarga rahmat qilib yuborilgan Paygʻambar!