QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят109

فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَقُلْ ءَاذَنتُكُمْ عَلَىٰ سَوَآءٍ ۖ وَإِنْ أَدْرِىٓ أَقَرِيبٌ أَم بَعِيدٌ مَّا تُوعَدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ular yuz o`girib ketsalar: «Men sizlarga barobarlik bo`lishi uchun e'lon qildim. Sizga va'da qilinayotgan narsa yaqinmi yoki uzoqmi — bilmasman.Агар улар юз ўгириб кетсалар: «Мен сизларга баробарлик бўлиши учун эълон қилдим. Сизга ваъда қилинаётган нарса яқинми ёки узоқми — билмасман.Alauddin Mansour: Endi agar yuz oʻgirsalar, u holda ayting: «Men sizlarning (barchangizga hech kimni ayirmay menga nozil boʻlgan vahiyni) eshitdirdim. Sizlarga vaʼda qilingan (Qiyomat Kunidagi azobni) yaqin yo yiroqligini esa bilmasman».Энди агар юз ўгирсалар, у ҳолда айтинг: «Мен сизларнинг (барчангизга ҳеч кимни айирмай менга нозил бўлган ваҳийни) эшитдирдим. Сизларга ваъда қилинган (Қиёмат Кунидаги азобни) яқин ё йироқлигини эса билмасман».

331-sahifa · 17-juz · 33-hizb331-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِنagarагарتَوَلَّوْا۟yuz oʻgirib ketsalarюз ўгириб кетсаларفَقُلْbas, aytбас, айтءَاذَنتُكُمْsizlarga eʼlon qildimсизларга эълон қилдимعَلَىٰ-da-даسَوَآءٍۢ ۖbarobarlikбаробарликوَإِنْva emasва эмасأَدْرِىٓbilurmanбилурманأَقَرِيبٌyaqinmiяқинмиأَمyokiёкиبَعِيدٌۭuzoqmiузоқмиمَّاnarsaнарсаتُوعَدُونَsizga vaʼda qilinayotganсизга ваъда қилинаётган
TafsirТафсир

Agar kishilar sening yagona Ilohga boʻyin egish xususidagi chaqirigʻingni eshitmay, yuz oʻgirib ketsalar,

«Men sizlarga barobarlik boʻlishi uchun eʼlon qildim», degin.

Yaʼni, iymon masalasida hamma barobar boʻlishi uchun, menga tushgan vahiyni eʼlon qildim. Hamma eshitishi kerak boʻlgan narsani keyin «Bexabar edik», degan daʼvo boʻlmasligi uchun eshittirdim.

«Sizga vaʼda qilinayotgan narsa yaqinmi yoki uzoqmi – bilmasman.»

Yaʼni, sizga–yagona Allohga boʻyinsunmaganlarga vaʼda qilinayotgan azob yaqinda boʻladimi, keyinroq boʻladimi, bilmayman. Uning qachon boʻlishini faqat Allohning Oʻzi biladi.