لَا تَرْكُضُوا۟ وَٱرْجِعُوٓا۟ إِلَىٰ مَآ أُتْرِفْتُمْ فِيهِ وَمَسَـٰكِنِكُمْ لَعَلَّكُمْ تُسْـَٔلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qochmanglar! maishatparastlik qilgan narsalaringizga, maskanlaringizga qaytinglar. Hali, ehtimol, so`ralursizlar.Қочманглар! маишатпарастлик қилган нарсаларингизга, масканларингизга қайтинглар. Ҳали, эҳтимол, сўралурсизлар.Alauddin Mansour: (Shu payt farishtalar): «Qochmanglar, maishatga botgan joylaringizga, oʻz maskanlaringizga qaytinglar, ehtimol javob berarsizlar», (deganlarida)(Шу пайт фаришталар): «Қочманглар, маишатга ботган жойларингизга, ўз масканларингизга қайтинглар, эҳтимол жавоб берарсизлар», (деганларида)
Shahar-qishloqlarning kofir, zolim va tajovuzkor aholisi yerlarini tashlab qocha boshlaganlarida, farishtalar ularga quyidagicha xitob etadilar:
«Qochmanglar!»
Shahar-qishloqlaringizni tashlab qayoqqa borasizlar?
«Maiyshatparastlik qilgan narsalaringizga, maskanlaringizga qaytinglar.»
Bu dunyoda oʻshalarni deb yashadingiz. Butun umringizni yaxshi taom, ayshu ishrat, hoyi havas, dabdabali maskanlarga sarfladingiz. Ularga erishish uchun hech bir yomonlikdan qaytmadingiz. Endi oʻsha maiyshat matohlaringiz va maskanlaringizni tashlab qayoqqa qochmoqdasiz?! Shoshmang.
«Hali, ehtimol, soʻralursizlar.»
Ha, albatta, oʻsha ayshu ishratlaringiz va ishratgohlaringiz yuzasidan soʻrov boʻladi. Unga javob berishingiz kerak!