Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят15
فَمَا زَالَت تِّلْكَ دَعْوَىٰهُمْ حَتَّىٰ جَعَلْنَـٰهُمْ حَصِيدًا خَـٰمِدِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning o`sha dod-voylari biz ularni o`rilgan o`tday, sovugan kulday qilgunimizcha bardavom bo`ldi.Уларнинг ўша дод-войлари биз уларни ўрилган ўтдай, совуган кулдай қилгунимизча бардавом бўлди.Alauddin Mansour: Bas, to Biz ularni (oʻt-oʻlan kabi) oʻrilgan, (oʻtin kabi) oʻchgan holga solgunimizcha ularning ana oʻsha dod-voylari davom etdi.Бас, то Биз уларни (ўт-ўлан каби) ўрилган, (ўтин каби) ўчган ҳолга солгунимизча уларнинг ана ўша дод-войлари давом этди.
323-sahifa · 17-juz · 33-hizb323-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَمَاbas, emasбас, эмасزَالَتtindi (toʻxtadi)тинди (тўхтади)تِّلْكَoʻshaўшаدَعْوَىٰهُمْdod-voylariдод-войлариحَتَّىٰtokiтокиجَعَلْنَـٰهُمْularni qilgunimizchaуларни қилгунимизчаحَصِيدًاoʻrilgan oʻtdayўрилган ўтдайخَـٰمِدِينَsovugan kuldayсовуган кулдай
TafsirТафсир
Yaʼni, ularning hammasini oʻtdek oʻrib tashladik, halok qildik va sovugan kuldek qilib qoʻydik. Ular esa, dod-voy qilishdan boshqaga yaramaydilar.