QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят53

قَالُوا۟ وَجَدْنَآ ءَابَآءَنَا لَهَا عَـٰبِدِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Ota-bobolarimizni ularga ibodat qilgan hollarida topganmiz», dedilar.Улар: «Ота-боболаримизни уларга ибодат қилган ҳолларида топганмиз», дедилар.Alauddin Mansour: Ular aytdilar: «Bizlar ota-bobolarimizni ham ularga sigʻingan holda topganmiz».Улар айтдилар: «Бизлар ота-боболаримизни ҳам уларга сиғинган ҳолда топганмиз».

326-sahifa · 17-juz · 33-hizb326-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوا۟dedilarдедиларوَجَدْنَآtopganmizтопганмизءَابَآءَنَاota-bobolarimizniота-боболаримизниلَهَاulargaуларгаعَـٰبِدِينَibodat qilguvchi holdaибодат қилгувчи ҳолда
TafsirТафсир

U kishining otalari ham, qavmlari ham yuqoridagi savolga toʻgʻri javob bera olmasdi. Chunki, nima uchun haykallarga sigʻinayotganlarini ularning oʻzlari ham tushunmasdi. Ular ota-bobolaridan koʻrib, haykallarga ibodat qilmoqdalar. Ammo aqllarini ishlatib koʻrishmagan. Ibrohim alayhissalom esa, Allohning rushdi hidoyati tufayli bu ishning–haykalga topinishning ochiq-oydin zalolat ekanini yaxshi bilar edilar. Shuning uchun ham, mushriklardan ushbu javobni eshitganlarida: