QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят63

قَالَ بَلْ فَعَلَهُۥ كَبِيرُهُمْ هَـٰذَا فَسْـَٔلُوهُمْ إِن كَانُوا۟ يَنطِقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Yo`q, buni manavi, ularning kattasi qildi. Agar gapiradigan bo`lsalar, ulardan so`rab ko`ringlar», dedi.У: «Йўқ, буни манави, уларнинг каттаси қилди. Агар гапирадиган бўлсалар, улардан сўраб кўринглар», деди.Alauddin Mansour: (Ibrohim) aytdi: «Yoʻq, bu ishni ularning kattasi mana bu «haykal» qildi. Bas, (butlaringizdan) soʻranglar, agar gapira oladigan boʻlsalar (aytib bersinlar)».(Иброҳим) айтди: «Йўқ, бу ишни уларнинг каттаси мана бу «ҳайкал» қилди. Бас, (бутларингиздан) сўранглар, агар гапира оладиган бўлсалар (айтиб берсинлар)».

327-sahifa · 17-juz · 33-hizb327-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиبَلْyoʻq, balkiйўқ, балкиفَعَلَهُۥbuni qildiбуни қилдиكَبِيرُهُمْularning kattasiуларнинг каттасиهَـٰذَاmanaviманавиفَسْـَٔلُوهُمْbas, ulardan soʻranglarбас, улардан сўрангларإِنagarагарكَانُوا۟boʻlsalarбўлсаларيَنطِقُونَgapiradiganгапирадиган
TafsirТафсир

Ibrohim alayhissalom: Yoʻq, bu ishni oʻsha xudolaringizning kattasi qildi, hamma kichik xudolarni sindirib tashlab, oʻzi butun qoldi. Agar menga ishonmasangizlar, gapiradigan boʻlsalar, ularning oʻzlaridan soʻrab koʻringlar, dedilar.

Ibrohim alayhissalomning bu gaplarida har qanday johilning ham hushini joyiga keltiradigan haqiqat bor edi. Butlar xudo boʻlsa, qanday qilib parcha-parcha boʻlib ketadilar? Nega oʻzlarini kim sindirganini aytib bera olmaydilar? Ey mushriklar, sizlar butlarga xudo deb sigʻinmoqdasizlar. Lekin parchalanib ketadigan narsa xudo boʻla oladimi? Oʻzini kim sindirganini aytib bera olmaydigan narsa xudo boʻla oladimi?

Ibrohim alayhissalomning bu gaplari mushrik qavmiga taʼsir qildi.