QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят65

ثُمَّ نُكِسُوا۟ عَلَىٰ رُءُوسِهِمْ لَقَدْ عَلِمْتَ مَا هَـٰٓؤُلَآءِ يَنطِقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, yana boshlari aylanib: «Sen, batahqiq, bularning gapirmasligini bilar eding!» – dedilar.Сўнгра, яна бошлари айланиб: «Сен, батаҳқиқ, буларнинг гапирмаслигини билар эдинг!» – дедилар.Alauddin Mansour: Soʻngra esa yana boshlari aylanib: «Sen ularning gapirmasliklarini yaxshi bilarding-ku?!», deyishdi.Сўнгра эса яна бошлари айланиб: «Сен уларнинг гапирмасликларини яхши билардинг-ку?!», дейишди.

327-sahifa · 17-juz · 33-hizb327-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграنُكِسُوا۟teskari agʻdarildilarтескари ағдарилдиларعَلَىٰustigaустигаرُءُوسِهِمْboshlariбошлариلَقَدْbatahqiqбатаҳқиқعَلِمْتَsen bilar edingсен билар эдингمَاemasэмасهَـٰٓؤُلَآءِbularбуларيَنطِقُونَgapiradilarгапирадилар
TafsirТафсир

Aqli joyida odam mushrik boʻlarmidi? Aqllari kirganda haqiqatni tan olishdi. Aqllari ketib, yana eski hollariga qaytdilar va Ibrohim alayhissalomga hujumni davom ettirdilar:

«Sen, batahqiq, bularning gapirmasligini bilar eding!» – dedilar.

Shu tarzda Ibrohim alayhissalomga osilib ketishdi. Sen xudolarimizning gapirmasligini oldindan bilar eding. Yana nimaga bizlarga, agar ular gapiradigan boʻlsalar, oʻzlaridan soʻranglar, deyapsan, deb doʻq urishdi.

Shunda, Ibrohim alayhissalom ham ochiqchasiga gapirishga oʻtdilar: