قَالَ أَفَتَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَنفَعُكُمْ شَيْـًٔا وَلَا يَضُرُّكُمْ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Siz, Allohni qo`yib, hech manfaat ham, zarar ham bermaydigan narsaga ibodat qilasizmi?!У: «Сиз, Аллоҳни қўйиб, ҳеч манфаат ҳам, зарар ҳам бермайдиган нарсага ибодат қиласизми?!Alauddin Mansour: (Ibrohim) aytdi: «Axir Allohni qoʻyib, sizlarga biron foyda ham, ziyon ham yetkaza olmaydigan narsalarga sigʻinasizlarmi?!(Иброҳим) айтди: «Ахир Аллоҳни қўйиб, сизларга бирон фойда ҳам, зиён ҳам етказа олмайдиган нарсаларга сиғинасизларми?!
Yaʼni, oʻylab koʻrmaysizlarmi? Bularning nimasiga sigʻinyapsiz oʻzi?! Bular sizga foyda ham bermasa, ziyon ham yetkaza olmasa, nima uchun foyda beradigan, ziyon yetkaza oladigan Allohni qoʻyib, bularga topinmoqdasizlar?! Sizga ham suf! Allohni qoʻyib ibodatini qilayotgan «xudo»laringizga ham suf! Aql yuritib koʻrmaysizlarmi?!
Aql va mantiq bobida magʻlubiyatga uchragan mushrik qavm, odatdagidek, oʻz raqibini jismoniy yoʻq qilish yoʻliga oʻtdilar.