قَالُوا۟ حَرِّقُوهُ وَٱنصُرُوٓا۟ ءَالِهَتَكُمْ إِن كُنتُمْ فَـٰعِلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Uni kuydiringlar! Agar (bir ish) qiladigan bo`lsangiz, xudolaringizga yordam bering!» – dedilar.Улар: «Уни куйдиринглар! Агар (бир иш) қиладиган бўлсангиз, худоларингизга ёрдам беринг!» – дедилар.Alauddin Mansour: (Ibrohimning haq taʼna va dashnomlariga biron javob topa olmay qolgan Namrud boshchiligidagi mushriklar) dedilar: «Uni yoqib yuboringlar! Agar uddalay olsanglar (mana shu ish bilan) oʻz xudolaringizga yordam qilinglar».(Иброҳимнинг ҳақ таъна ва дашномларига бирон жавоб топа олмай қолган Намруд бошчилигидаги мушриклар) дедилар: «Уни ёқиб юборинглар! Агар уддалай олсанглар (мана шу иш билан) ўз худоларингизга ёрдам қилинглар».
Yaʼni, mushriklar bir-birlariga, Ibrohimni kuydirib, xudolaringizga yordam beringlar, Ibrohimni kuydirib yuborishingiz xudolaringizga haqiqiy yordam boʻladi, dedilar.
Lekin ular gaplarida katta nuqson borligini, bu talablari xudolarining soxta ekanini isbot etishini oʻylab koʻrishmas edi. Bandasining yordamiga muhtoj xudo qanday qilib xudo boʻlishi mumkinligi ustida fikr yuritishmas edi.
Xullas, mushriklar katta gulxan yoqib, Ibrohim alayhissalomni oʻsha gulxanga otdilar.