QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят69

قُلْنَا يَـٰنَارُ كُونِى بَرْدًا وَسَلَـٰمًا عَلَىٰٓ إِبْرَٰهِيمَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz: «Ey olov, sen Ibrohimga salqin va salomatlik bo`l!» – dedik.Биз: «Эй олов, сен Иброҳимга салқин ва саломатлик бўл!» – дедик.Alauddin Mansour: Biz aytdik: «Ey olov, sen Ibrohim uchun salqin va omonlik boʻl!»Биз айтдик: «Эй олов, сен Иброҳим учун салқин ва омонлик бўл!»

327-sahifa · 17-juz · 33-hizb327-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْنَاdedikдедикيَـٰنَارُey olovэй оловكُونِىboʻlбўлبَرْدًۭاsalqinсалқинوَسَلَـٰمًاva salomatlikва саломатликعَلَىٰٓ-ga-гаإِبْرَٰهِيمَIbrohimИброҳим
TafsirТафсир

Olov Ibrohim alayhissalomga salqin boʻldi, salomatlik boʻldi va unga hech qanday ozor yoki zarar yetmadi. Aslida, Alloh taolo olovga kuydirish xususiyatini bergan. Yonishga qobiliyatli narsaga qachon olov tegsa, yonadi. Buni koʻrgan odamlar, olov falon narsani yondirdi, deydilar. Aslida, olov bir sabab, haqiqatda esa, Alloh yondirgan boʻladi. Chunki, bu dunyoda hamma narsa Allohning amri ila boʻladi. Agar yondirish olovning ishi boʻlsa, hamma narsani yondirishi kerak edi. Lekin koʻpgina narsalarga olov tegsa ham, yonmaydi. Shuningdek, yonishga layoqatli ayrim narsalar ham Alloh xohlamasa, yonmay qoladi. Bunday gʻayritabiiy holatlar odamlarda, olov yondiradi, degan notoʻgʻri fikr oʻrnida, olov, Alloh xohlasa, yondiradi, degan toʻgʻri tushuncha boʻlishi uchun paydo qilinadi.

Odatda, olov odamni ham yondiradi. Shu bois, mushriklar, Ibrohimni olovga tashlasak, yonib ketadi, undan qutulamiz, deb oʻylab, u kishini olovga otdilar. Lekin olovga yondirish xususiyatini bergan Zot unga:

«Ey olov, sen Ibrohimga salqin va salomatlik boʻl!»–deb amr etdi.

Shunda olovning kuydirish xususiyati yoʻqolib, oʻrniga salqinlik xususiyati keldi. Olov Ibrohim alayhissalom uchun nafaqat salqinlik, balki salomatlik ham boʻldi. Agar olov faqat salqinlik boʻlib qolsa, u kishiga boshqa ozor yetishi mumkin edi. Lekin Allohning amri ila ham salqinlik, ham salomatlik boʻldi. Hech bir zarar yetmadi.