وَوَهَبْنَا لَهُۥٓ إِسْحَـٰقَ وَيَعْقُوبَ نَافِلَةً ۖ وَكُلًّا جَعَلْنَا صَـٰلِحِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Unga Is'hoqni hadya etdik va Ya'qubni ziyoda qilib berdik va hammalarini ahli solihlar qildik.Унга Исҳоқни ҳадя этдик ва Яъқубни зиёда қилиб бердик ва ҳаммаларини аҳли солиҳлар қилдик.Alauddin Mansour: Biz (Ibrohimga Bizdan bir farzand soʻraganida) Ishoqni hadya etdik va Yaʼqubni ham ziyoda qildik hamda (ularning) barchalarini solih kishilar qildik.Биз (Иброҳимга Биздан бир фарзанд сўраганида) Исҳоқни ҳадя этдик ва Яъқубни ҳам зиёда қилдик ҳамда (уларнинг) барчаларини солиҳ кишилар қилдик.
Ibrohim alayhissalom iymon yoʻlida, Allohning dini yoʻlida vatan, qavm va yaqinlarini tashlab hijrat qilishga majbur boʻlgan edilar. U kishining Alloh yoʻlidagi bu hijratlari, tortgan azob- uqubatlari, qiyinchiliklari, mashaqqatlari va barcha yoʻqotishlari evaziga Alloh taolo afzal narsalarni berdi. Vatanlari oʻrniga olamlar uchun barakali qilib qoʻygan muqaddas yerni ato etdi. Qarindoshlari oʻrniga kelajakda Paygʻambar va Paygʻambarlarga ota boʻladigan Ishoqni oʻgʻil qilib hadya etdi. Ibrohim alayhissalom Allohdan oʻgʻil soʻragan boʻlsalar, Alloh taolo oʻgʻil ustiga nabira– Yaʼqubni ham ziyoda qilib berdi. Ularning hammalarini solihlardan qilib qoʻydi.
«Unga Ishoqni hadya etdik va Yaʼqubni ziyoda qilib berdik va hammalarini ahli solihlar qildik.»
Birortasi solihlardan boʻlmay qolganida ham koʻngillari toʻlmas edi.
«Va ularni amrimiz ila hidoyatga boshlovchilar qildik.»
Ular nafaqat solih, balki boshqalarni ham Allohning amri ila hidoyatga boshlaydigan boʻldilar.
«Ularga yaxshiliklar qilishni, namozni tugal ado etishni va zakot berishni vahiy qildik.»
Ibrohimning zurriyotlariga avvalgi zikri kelgan yaxshiliklaridan tashqari yana:
— Yaxshiliklar qilishni,
— Namozni tugal ado etishni,
— Zakot berishni
vahiy etib amr qildik va ado etish imkonini berdik. Bas,
«Ular Bizga ibodat qilguvchilar boʻldilar».
Allohdan oʻzgaga sigʻinmadilar. Shuning oʻzi katta baxt edi.
Shuningdek, Alloh taolo Ibrohim alayhissalomning jiyanlari Lut alayhissalomga ham koʻplab yaxshiliklarni ato etdi.