QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят74

وَلُوطًا ءَاتَيْنَـٰهُ حُكْمًا وَعِلْمًا وَنَجَّيْنَـٰهُ مِنَ ٱلْقَرْيَةِ ٱلَّتِى كَانَت تَّعْمَلُ ٱلْخَبَـٰٓئِثَ ۗ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمَ سَوْءٍ فَـٰسِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Lutga hukm va ilm berdik va unga iflosliklar qilayotgan qishloqdan najot berdik. Albatta, ular yomon, buzg`unchi qavm edilar.Ва Лутга ҳукм ва илм бердик ва унга ифлосликлар қилаётган қишлоқдан нажот бердик. Албатта, улар ёмон, бузғунчи қавм эдилар.Alauddin Mansour: Lutga esa hikmat va ilm ato etdik va uni nopokliklar qiluvchi boʻlgan qishloq (ahli)dan qutqardik. Darhaqiqat, ular yomon buzuq qavm edilar.Лутга эса ҳикмат ва илм ато этдик ва уни нопокликлар қилувчи бўлган қишлоқ (аҳли)дан қутқардик. Дарҳақиқат, улар ёмон бузуқ қавм эдилар.

328-sahifa · 17-juz · 33-hizb328-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلُوطًاva Lutgaва Лутгаءَاتَيْنَـٰهُunga berdikунга бердикحُكْمًۭاhukmҳукмوَعِلْمًۭاva ilmва илмوَنَجَّيْنَـٰهُva unga najot berdikва унга нажот бердикمِنَ-dan-данٱلْقَرْيَةِqishloqdanқишлоқданٱلَّتِىqaysiқайсиكَانَتediэдиتَّعْمَلُqilayotganқилаётганٱلْخَبَـٰٓئِثَ ۗiflosliklarифлосликларإِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларكَانُوا۟edilarэдиларقَوْمَqavmқавмسَوْءٍۢyomonёмонفَـٰسِقِينَbuzgʻunchiбузғунчи
TafsirТафсир

Alloh taolo Lut alayhissalomni Ibrohim alayhissalom bilan birga qutqarib, olamlar uchun eng barakali yerga kiritganida, Ibrohim alayhissalom Falastinga, Lut alayhissalom esa, u yerdan bir kunlik yoʻl uzoqlikda joylashgan Sadum qishlogʻiga oʻrnashdilar.

«Va Lutga hukm va ilm berdik va unga iflosliklar qilayotgan qishloqdan najot berdik.»

Oʻsha yerda Alloh taolo Lut alayhissalomga «hukm»–fahm, aql, hikmat va Paygʻambarlik berdi. Ayni paytda, Alloh taolo u zotga iflos ishlarni qiluvchi Sadum qishlogʻi ahli yomonliklaridan najot berdi. Oʻsha qishloq aholisi yomon qavm boʻlib, buzgʻunchilik ishlarni qilar edilar.

«Albatta, ular yomon, buzgʻunchi qavm edilar.»

Alloh taolo Lut alayhissalomni oʻsha qavmning sharridan qutqarib olib, ahli solihlardan qildi.

«Va Biz uni Oʻz rahmatimizga kiritdik. Albatta, u solihlardandir.»

Alloh taoloning odati shu–doimo Paygʻambarlarini, solih bandalarini yomon qavmlar sharridan qutqarib, turli balo-ofatlardan najot berib kelgan. Misol uchun, Nuh alayhissalom boshlaridan ham xuddi shunday hol kechgan.