QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят75

وَأَدْخَلْنَـٰهُ فِى رَحْمَتِنَآ ۖ إِنَّهُۥ مِنَ ٱلصَّـٰلِحِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Biz uni O`z rahmatimizga kiritdik. Albatta, u solihlardandir.Ва Биз уни Ўз раҳматимизга киритдик. Албатта, у солиҳлардандир.Alauddin Mansour: Va uni Oʻz rahmat-jannatimizga doxil qildik. Shak-shubhasiz, u solihlardandir.Ва уни Ўз раҳмат-жаннатимизга дохил қилдик. Шак-шубҳасиз, у солиҳлардандир.

328-sahifa · 17-juz · 33-hizb328-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَدْخَلْنَـٰهُva uni kiritdikва уни киритдикفِى-ga-гаرَحْمَتِنَآ ۖOʻz rahmatimizgaЎз раҳматимизгаإِنَّهُۥalbatta, uалбатта, уمِنَ-dandir-дандирٱلصَّـٰلِحِينَsolihlardandirсолиҳлардандир
TafsirТафсир

Alloh taolo Lut alayhissalomni Ibrohim alayhissalom bilan birga qutqarib, olamlar uchun eng barakali yerga kiritganida, Ibrohim alayhissalom Falastinga, Lut alayhissalom esa, u yerdan bir kunlik yoʻl uzoqlikda joylashgan Sadum qishlogʻiga oʻrnashdilar.

«Va Lutga hukm va ilm berdik va unga iflosliklar qilayotgan qishloqdan najot berdik.»

Oʻsha yerda Alloh taolo Lut alayhissalomga «hukm»–fahm, aql, hikmat va Paygʻambarlik berdi. Ayni paytda, Alloh taolo u zotga iflos ishlarni qiluvchi Sadum qishlogʻi ahli yomonliklaridan najot berdi. Oʻsha qishloq aholisi yomon qavm boʻlib, buzgʻunchilik ishlarni qilar edilar.

«Albatta, ular yomon, buzgʻunchi qavm edilar.»

Alloh taolo Lut alayhissalomni oʻsha qavmning sharridan qutqarib olib, ahli solihlardan qildi.

«Va Biz uni Oʻz rahmatimizga kiritdik. Albatta, u solihlardandir.»

Alloh taoloning odati shu–doimo Paygʻambarlarini, solih bandalarini yomon qavmlar sharridan qutqarib, turli balo-ofatlardan najot berib kelgan. Misol uchun, Nuh alayhissalom boshlaridan ham xuddi shunday hol kechgan.