وَنُوحًا إِذْ نَادَىٰ مِن قَبْلُ فَٱسْتَجَبْنَا لَهُۥ فَنَجَّيْنَـٰهُ وَأَهْلَهُۥ مِنَ ٱلْكَرْبِ ٱلْعَظِيمِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Nuhni (esla). Bundan oldin u nido etganida, Biz uning nidosiga javob qildik va unga hamda uning ahliga ulug` g`amdan najot berdik.Ва Нуҳни (эсла). Бундан олдин у нидо этганида, Биз унинг нидосига жавоб қилдик ва унга ҳамда унинг аҳлига улуғ ғамдан нажот бердик.Alauddin Mansour: Nuhni (eslang): Oʻshanda — (mazkur paygʻambarlarning davridan) ilgari nido qilganida Biz uning (nidosini) mustajob qilib, oʻzini va ahli-tobeʼlarini ulugʻ gʻamdan qutqardik.Нуҳни (эсланг): Ўшанда — (мазкур пайғамбарларнинг давридан) илгари нидо қилганида Биз унинг (нидосини) мустажоб қилиб, ўзини ва аҳли-тобеъларини улуғ ғамдан қутқардик.
Nuh alayhissalomning qissalari boshqa suralarda batafsil kelgan. Bu surada siyoqqa qarab ikki oyatda qisqacha bayon qilinmoqda.
«Bundan oldin...»
Yaʼni, Ibrohim va Lut alayhissalomlarga yordam berib, ularni balo-ofatlardan qutqarganimizdan oldin, Nuhni ham qutqardik.
«...u nido etganida, Biz uning nidosiga javob qildik va unga hamda uning ahliga ulugʻ gʻamdan najot berdik.»
Oʻshanda Nuh Bizdan yordam soʻrab nido qilgan edi. Biz esa, uning nidosini istijobat ayladik, qabul qildik. Nuhga va uning (xotini va bir oʻgʻlidan tashqari) ahliga ulugʻ gʻamdan, toʻfon balosidan najot berib, halokatdan qutqarib qoldik.
«Unga oyatlarimizni yolgʻonga chiqargan qavmga qarshi nusrat berdik. Albatta, ular yomon qavm edilar.»
Uning qavmi Bizning oyatlarimizni yolgʻonga chiqargan edi. Oʻsha qavmga qarshi Nuhga nusrat berdik. Shubhasiz, Nuhning qavmi yomon qavm edi.
«Bas, Biz ularning barchasini gʻarq qildik.»
Bas, Biz ularning barchasiga toʻfon balosini yuborib, gʻarq etib, halok qildik.