QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят77

وَنَصَرْنَـٰهُ مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَآ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمَ سَوْءٍ فَأَغْرَقْنَـٰهُمْ أَجْمَعِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Unga oyatlarimizni yolg`onga chiqargan qavmga qarshi nusrat berdik. Albatta, ular yomon qavm edilar. Bas, Biz ularning barchasini g`arq qildik.Унга оятларимизни ёлғонга чиқарган қавмга қарши нусрат бердик. Албатта, улар ёмон қавм эдилар. Бас, Биз уларнинг барчасини ғарқ қилдик.Alauddin Mansour: Va unga Bizning oyatlarimizni yolgʻon degan qavmdan madad-najot berdik. Darhaqiqat, ular yomon qavm edilar. Bas, Biz ularning barchasini gʻarq qilib yubordik.Ва унга Бизнинг оятларимизни ёлғон деган қавмдан мадад-нажот бердик. Дарҳақиқат, улар ёмон қавм эдилар. Бас, Биз уларнинг барчасини ғарқ қилиб юбордик.

328-sahifa · 17-juz · 33-hizb328-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَنَصَرْنَـٰهُva unga nusrat berdikва унга нусрат бердикمِنَ-ga qarshi-га қаршиٱلْقَوْمِqavmgaқавмгаٱلَّذِينَularуларكَذَّبُوا۟yolgʻonga chiqarganёлғонга чиқарганبِـَٔايَـٰتِنَآ ۚoyatlarimizniоятларимизниإِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларكَانُوا۟edilarэдиларقَوْمَqavmқавмسَوْءٍۢyomonёмонفَأَغْرَقْنَـٰهُمْbas, ularni gʻarq qildikбас, уларни ғарқ қилдикأَجْمَعِينَbarchasiniбарчасини
TafsirТафсир

Nuh alayhissalomning qissalari boshqa suralarda batafsil kelgan. Bu surada siyoqqa qarab ikki oyatda qisqacha bayon qilinmoqda.

«Bundan oldin...»

Yaʼni, Ibrohim va Lut alayhissalomlarga yordam berib, ularni balo-ofatlardan qutqarganimizdan oldin, Nuhni ham qutqardik.

«...u nido etganida, Biz uning nidosiga javob qildik va unga hamda uning ahliga ulugʻ gʻamdan najot berdik.»

Oʻshanda Nuh Bizdan yordam soʻrab nido qilgan edi. Biz esa, uning nidosini istijobat ayladik, qabul qildik. Nuhga va uning (xotini va bir oʻgʻlidan tashqari) ahliga ulugʻ gʻamdan, toʻfon balosidan najot berib, halokatdan qutqarib qoldik.

«Unga oyatlarimizni yolgʻonga chiqargan qavmga qarshi nusrat berdik. Albatta, ular yomon qavm edilar.»

Uning qavmi Bizning oyatlarimizni yolgʻonga chiqargan edi. Oʻsha qavmga qarshi Nuhga nusrat berdik. Shubhasiz, Nuhning qavmi yomon qavm edi.

«Bas, Biz ularning barchasini gʻarq qildik.»

Bas, Biz ularning barchasiga toʻfon balosini yuborib, gʻarq etib, halok qildik.