QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят78

وَدَاوُۥدَ وَسُلَيْمَـٰنَ إِذْ يَحْكُمَانِ فِى ٱلْحَرْثِ إِذْ نَفَشَتْ فِيهِ غَنَمُ ٱلْقَوْمِ وَكُنَّا لِحُكْمِهِمْ شَـٰهِدِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Dovud bilan Sulaymonning ekinzor haqida hukm qilayotganlarini (esla). O`shanda u(ekinzor)ga qavmning qo`yi kechasi tarqalib ketgan edi. Biz ularning hukmiga shohid bo`lgan edik.Ва Довуд билан Сулаймоннинг экинзор ҳақида ҳукм қилаётганларини (эсла). Ўшанда у(экинзор)га қавмнинг қўйи кечаси тарқалиб кетган эди. Биз уларнинг ҳукмига шоҳид бўлган эдик.Alauddin Mansour: Dovud va Sulaymonning ekinzor xususida hukm qilayotgan paytlarini (eslang). Oʻshanda unga qavmning qoʻylari boʻshalib kirib (uni payhon qilib yuborgan) edi. Biz ular (chiqargan) hukmga shohid edik.Довуд ва Сулаймоннинг экинзор хусусида ҳукм қилаётган пайтларини (эсланг). Ўшанда унга қавмнинг қўйлари бўшалиб кириб (уни пайҳон қилиб юборган) эди. Биз улар (чиқарган) ҳукмга шоҳид эдик.

328-sahifa · 17-juz · 33-hizb328-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَدَاوُۥدَva Dovudniва Довудниوَسُلَيْمَـٰنَva Sulaymonniва Сулаймонниإِذْoʻshandaўшандаيَحْكُمَانِhukm qilayotganlaridaҳукм қилаётганларидаفِىhaqidaҳақидаٱلْحَرْثِekinzorэкинзорإِذْoʻshandaўшандаنَفَشَتْtarqalib ketgan ediтарқалиб кетган эдиفِيهِungaунгаغَنَمُqoʻyiқўйиٱلْقَوْمِqavmningқавмнингوَكُنَّاva Biz edikва Биз эдикلِحُكْمِهِمْularning hukmigaуларнинг ҳукмигаشَـٰهِدِينَshohidшоҳид
TafsirТафсир

Ushbu oyatlarda zikr qilingan Dovud hamda Sulaymon alayhissalomlarning ekinzor haqidagi hukmlari, tafsirchi ulamolarimiz rivoyat qilishlaricha, quyidagicha boʻlgan:

Oʻz davrining Paygʻambari va podshohi boʻlmish Dovud alayhissalomning huzurlariga ikki kishi oralarida hukm chiqarishni soʻrab kelishibdi. Ulardan biri ekinzor sohibi, ikkinchisi qoʻylar egasi ekan.

«Oʻshanda u(ekinzor)ga qavmning qoʻyi kechasi tarqalib ketgan edi.»

Kechasi bilan ekinzorni payhon qilib, yeb bitirgan edi. Dovud alayhissalom ikki tomonning gapini eshitib boʻlib, qoʻylarning ekinzor egasiga berilishiga hukm chiqardilar. Payhon boʻlib yoʻqolgan ekinzor oʻrniga uni payhon qilgan qoʻylarni olib berish ayni adolat edi. Bu hukmdan keyin qaytib ketayotgan qoʻy egasi Sulaymon alayhissalomni koʻrib qolib, boʻlgan hodisani u kishiga aytib berdi. Shunda Sulaymon alayhissalom otalari Dovud alayhissalom oldilariga kirdilar va

«Ey, Allohning Nabiyi, hukm siz chiqargan hukmdek boʻlmasligi kerak edi», dedilar. Dovud alayhissalom:

«Qanday boʻlishi kerak edi?»–dedilar. Sulaymon alayhissalom:

«Qoʻyni ekinzor egasiga bering, u foydalanib tursin. Ekinzorni esa, qoʻy egasiga bering, uni tuzatib, asl holiga keltirsin. Soʻngra, har kim oʻz narsasini qaytarib oladi. Ekinzor egasi ekinzorini eski holiga kelgandan soʻngra qaytarib oladi. Qoʻy egasi ham qoʻylarini qaytarib oladi», dedilar. Shunda Dovud alay- hissalom:

«Hukm sen chiqargan hukmdir», dedilar.

«Biz ularning hukmiga shohid boʻlgan edik.»

Shuning uchun, oʻsha adolatga qoʻshib, buzilgan narsani tuzatishni ham oʻz ichiga olgan hukmni chiqardik.

«Bas, Biz uni Sulaymonga fahmlatdik. Ularning har biriga hukmni va ilmni bergan edik.»

Yaʼni, ham Dovud alayhissalomga, ham Sulaymon alayhissalomga hukmni va ilmni bergan edik. Dovud alayhissalom chiqargan hukm ham xato emas. Adolatli hukm edi. Ammo Sulaymon alayhissalomning hukmlari toʻgʻriroq, mukammalroq boʻldi.

«Dovud bilan birga tasbih aytsin deb togʻlarni va qushlarni boʻyinsundirib qoʻydik. Shularni qilguvchi boʻlgan Bizmiz.»

Dovud alayhissalom xushovoz munojotlari ila mashhur boʻlganlar. U zot alayhissalom Tavrotni tilovat qilganlarida, osmonda uchib kelayotgan qushlar toʻxtab qolishar va u kishiga qoʻshilib tasbih aytishar edilar. Shuningdek, togʻlar ham oʻziga xos uslub bilan u kishiga qoʻshilib tasbih aytishi qushlarnikidan ham gʻaroyib boʻlganidan, oyati karimada qushlardan oldin togʻlar kelganiga tafsirchi ulamolarimiz eʼtibor qaratganlar.

Keyingi oyatda Alloh taolo Oʻz Paygʻambari Dovud alayhissalomga bergan xususiyatlardan yana birini esga soladi: