QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят80

وَعَلَّمْنَـٰهُ صَنْعَةَ لَبُوسٍ لَّكُمْ لِتُحْصِنَكُم مِّنۢ بَأْسِكُمْ ۖ فَهَلْ أَنتُمْ شَـٰكِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz unga sizlar uchun sizni yomonlikdan saqlaydigan kiyim qilish san'atini o`rgatdik. Endi shukr qilarsizlar?!Биз унга сизлар учун сизни ёмонликдан сақлайдиган кийим қилиш санъатини ўргатдик. Энди шукр қиларсизлар?!Alauddin Mansour: Yana (Dovudga) sizlarga ziyon yetishidan saqlaydigan sovut ilmini taʼlim berdik. Bas, sizlar shukr qilurmisiz?!Яна (Довудга) сизларга зиён етишидан сақлайдиган совут илмини таълим бердик. Бас, сизлар шукр қилурмисиз?!

328-sahifa · 17-juz · 33-hizb328-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَعَلَّمْنَـٰهُva unga oʻrgatdikва унга ўргатдикصَنْعَةَyasash sanʼatiniясаш санъатиниلَبُوسٍۢsovut (kiyim)совут (кийим)لَّكُمْsizlar uchunсизлар учунلِتُحْصِنَكُمsizni saqlashi uchunсизни сақлаши учунمِّنۢ-dan-данبَأْسِكُمْ ۖyomonligingizdan (jangdan)ёмонлигингиздан (жангдан)فَهَلْendi ...miэнди ...миأَنتُمْsizlarсизларشَـٰكِرُونَshukr qilguvchiшукр қилгувчи
TafsirТафсир

Yaʼni, Biz Dovudga urushda sizlarni dushmanning quroli ziyonidan saqlaydigan sovut kiyim yasash sanʼatini oʻrgatdik. Shunga qadar urushda himoya uchun toʻgʻri va butun tunuka toʻsiqlar (qalqonlar) ishlatilgan boʻlib, ularni qoʻllash qiyin boʻlgan ekan. Dovud alay- hissalom Alloh bergan taʼlim ila halqa-halqa toʻr yasab, undan jangchilar kiyib oladigan sovutlar toʻqishni yoʻlga qoʻygan ekanlar. Temirdan yasalgan bu sovutlar jangchilarni dushman nayzasi, qilichi yoki kamon oʻqidan saqlar va oʻzlari ham bunday kiyimda erkin harakatlanib jang qila olar edilar. Bu narsa Allohning bandalarga bergan oʻziga xos neʼmati edi. Shuning uchun ham, oyat oxirida:

«Endi shukr qilarsizlar?!» deyilmoqda.

Keyingi ikki oyatda esa, Alloh taolo Dovud alayhissalomning oʻgʻillari Sulaymon alayhissalomga bergan neʼmatlaridan baʼzilarini eslatmoqda: