QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят81

وَلِسُلَيْمَـٰنَ ٱلرِّيحَ عَاصِفَةً تَجْرِى بِأَمْرِهِۦٓ إِلَى ٱلْأَرْضِ ٱلَّتِى بَـٰرَكْنَا فِيهَا ۚ وَكُنَّا بِكُلِّ شَىْءٍ عَـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sulaymonga shamolni qattiq esuvchi qilib berdik. U (shamol) ni uning amri ila, Biz barakali qilgan yerga esadigan qilib qo`ydik. Barcha narsani bilguvchi bo`ldik.Сулаймонга шамолни қаттиқ эсувчи қилиб бердик. У (шамол) ни унинг амри ила, Биз баракали қилган ерга эсадиган қилиб қўйдик. Барча нарсани билгувчи бўлдик.Alauddin Mansour: Sulaymonga esa boʻronli shamolni (boʻysundirib), uning amri bilan Biz muborak qilgan zaminga (Shomga) esadigan qilib qoʻydik. Biz barcha narsani bilguvchidirmiz.Сулаймонга эса бўронли шамолни (бўйсундириб), унинг амри билан Биз муборак қилган заминга (Шомга) эсадиган қилиб қўйдик. Биз барча нарсани билгувчидирмиз.

328-sahifa · 17-juz · 33-hizb328-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلِسُلَيْمَـٰنَva Sulaymongaва Сулаймонгаٱلرِّيحَshamolniшамолниعَاصِفَةًۭqattiq esuvchiқаттиқ эсувчиتَجْرِىesadiganэсадиганبِأَمْرِهِۦٓuning amri ilaунинг амри илаإِلَى-ga-гаٱلْأَرْضِyergaергаٱلَّتِىqaysiқайсиبَـٰرَكْنَاBiz barakali qilganБиз баракали қилганفِيهَا ۚundaундаوَكُنَّاva Biz boʻldikва Биз бўлдикبِكُلِّbarchaбарчаشَىْءٍnarsaniнарсаниعَـٰلِمِينَbilguvchiбилгувчи
TafsirТафсир

Alloh taolo Sulaymon alayhissalomga shamolni beminnat xizmatkor qilib bergan edi. Boshqa tabiiy hodisalar qatori shamolni ham Alloh taolo maʼlum shart-sharoitlarga bogʻliq qilib qoʻygan. Odatda, oʻsha sharoitlar vujudga kelganda shamol turadi. Bunday hol doimo takrorlanaverganidan, odamlar, shamolni oʻsha shart-sharoitlar esdiradi, degan notoʻgʻri xayollarga borib qoladilar. Shamolning haqiqiy egasi boʻlmish Allohni unutib qoʻyadilar. Holbuki, Alloh xohlasa, mazkur shart-sharoitlarsiz ham shamolni esdiraveradi. Misol uchun, Alloh taolo Paygʻambari Sulaymon alayhissalomga shamolni boʻysundirib qoʻydi.

«Sulaymonga shamolni qattiq esuvchi qilib berdik.»

U kishining amri ila shamol xohlagan vaqtlarida xohlagan tomonga esar edi.

«U(shamol)ni uning amri ila, Biz barakali qilgan yerga esadigan qilib qoʻydik. Barcha narsani bilguvchi boʻldik.»

Yaʼni, shamol Sulaymon alayhissalomning amri ila, Alloh barakali qilib qoʻygan yerga, yaʼni Shomi Sharifga esadigan boʻldi.