وَمِنَ ٱلشَّيَـٰطِينِ مَن يَغُوصُونَ لَهُۥ وَيَعْمَلُونَ عَمَلًا دُونَ ذَٰلِكَ ۖ وَكُنَّا لَهُمْ حَـٰفِظِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va shaytonlardan unga g`avvoslik qiladiganlarni va bundan boshqa amallarni bajaradiganlarni bo`ysundirib qo`ydik. Biz ularni muhofaza qilguvchi bo`ldik.Ва шайтонлардан унга ғаввослик қиладиганларни ва бундан бошқа амалларни бажарадиганларни бўйсундириб қўйдик. Биз уларни муҳофаза қилгувчи бўлдик.Alauddin Mansour: Yana shayton-jinlardan (Sulaymon uchun) gʻavvoslik qiladigan va bundan boshqa ishlarni ham ado etadigan kimsalarni (yaratdik). Va biz ularni (Sulaymonning amridan chiqib ketmasliklari uchun) qoʻriqlab turguvchi boʻldik.Яна шайтон-жинлардан (Сулаймон учун) ғаввослик қиладиган ва бундан бошқа ишларни ҳам адо этадиган кимсаларни (яратдик). Ва биз уларни (Сулаймоннинг амридан чиқиб кетмасликлари учун) қўриқлаб тургувчи бўлдик.
Alloh taolo Paygʻambari Sulaymon alayhissalomga shayton-jinlarni boʻysundirib qoʻygan edi. Oʻsha jinlardan baʼzilari Sulaymon alayhissalomga gʻavvoslik qilib, dengiz ostidan turli-tuman narsalar olib chiqib berardilar. Boshqalari esa, odamlar qila olmaydigan: shahar qurish, ulkan qasrlar barpo etish va shunga oʻxshash juda qiyin ishlarni bajarardilar.
«Biz ularni muhofaza qilguvchi boʻldik.»
Yaʼni, jinlarni Sulaymonning amridan chiqib ketishlaridan saqlab turdik.
Keyingi ikki oyatda Alloh taolo Paygʻambarlaridan Ayyub alayhissalomga bergan neʼmatlaridan ayrimlarini eslatadi: