QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят83

۞ وَأَيُّوبَ إِذْ نَادَىٰ رَبَّهُۥٓ أَنِّى مَسَّنِىَ ٱلضُّرُّ وَأَنتَ أَرْحَمُ ٱلرَّٰحِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Ayyubning O`z Robbiga nido qilib: «Albatta, meni zarar tutdi. Sening O`zing rahimlilarning rahimligisan!» deganini esla.Ва Айюбнинг Ўз Роббига нидо қилиб: «Албатта, мени зарар тутди. Сенинг Ўзинг раҳимлиларнинг раҳимлигисан!» деганини эсла.Alauddin Mansour: Ayyub — oʻz Parvardigoriga nido qilib: «(Parvardigorim), meni balo ushladi. Oʻzing rahm-shafqat qilguvchilarning rahmlirogʻidirsan», deb iltijo qilgan paytini (eslang).Айюб — ўз Парвардигорига нидо қилиб: «(Парвардигорим), мени бало ушлади. Ўзинг раҳм-шафқат қилгувчиларнинг раҳмлироғидирсан», деб илтижо қилган пайтини (эсланг).

329-sahifa · 17-juz · 33-hizb329-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَأَيُّوبَva Ayyubni (esla)ва Айюбни (эсла)إِذْoʻshandaўшандаنَادَىٰnido qilibнидо қилибرَبَّهُۥٓoʻz Robbigaўз Роббигаأَنِّىalbatta, meniалбатта, мениمَسَّنِىَtutdiтутдиٱلضُّرُّzararзарарوَأَنتَva Sening Oʻzingва Сенинг Ўзингأَرْحَمُeng rahmlisisanэнг раҳмлисисанٱلرَّٰحِمِينَrahmlilarningраҳмлиларнинг
TafsirТафсир

Allohning Paygʻambari Ayyub alayhissalomga juda katta zarar yetgani maʼlum. Lekin oʻsha zararning aynan nomini Qurʼoni Karim aniq aytmaydi. Ushbu oyatda ham Ayyub alayhissalomning Allohga yolborib nido qilayotganlari kelyapti, xolos. Ayyub Paygʻambar alayhissalom oʻsha nido-iltijoda ham odobga rioya qilib, oʻzlariga yetgan zarar nimaligini aytmaydilar. Faqat zarar yetganini va Alloh rahimlilarning rahimlisi ekanini eslaydilar, xolos.

«Albatta, meni zarar tutdi. Sening Oʻzing rahimlilarning rahimligisan!»

Yaʼni, menga zarar yetganini, uning nimaligini Oʻzing yaxshi bilasan, sen eng rahimli zotsan, menga qanday rahim qilishni ham oʻzing bilasan, deb nido etganlar.