QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят84

فَٱسْتَجَبْنَا لَهُۥ فَكَشَفْنَا مَا بِهِۦ مِن ضُرٍّ ۖ وَءَاتَيْنَـٰهُ أَهْلَهُۥ وَمِثْلَهُم مَّعَهُمْ رَحْمَةً مِّنْ عِندِنَا وَذِكْرَىٰ لِلْعَـٰبِدِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Biz uni (duosini) istijobat qildik. Unga yetgan zararni ketkazdik. Unga ahlini, ular bilan birga yana shunchani ham berdik. Buni O`z rahmatimiz ila va «Obidlarga eslatma bo`lsin», deb qildik.Бас, Биз уни (дуосини) истижобат қилдик. Унга етган зарарни кетказдик. Унга аҳлини, улар билан бирга яна шунчани ҳам бердик. Буни Ўз раҳматимиз ила ва «Обидларга эслатма бўлсин», деб қилдик.Alauddin Mansour: Bas, Biz uning (duosini) mustajob qilib, undagi ziyon-zahmatni ketkazdik hamda Oʻz huzurimizdan mehribonlik koʻrsatib, barcha ibodat qilguvchilarga eslatma-ibrat boʻlsin, deb (Ayyubga) ahli-oilasini va ular bilan qoʻshib yana oʻshalarning mislicha bola-chaqa ato etdik.Бас, Биз унинг (дуосини) мустажоб қилиб, ундаги зиён-заҳматни кетказдик ҳамда Ўз ҳузуримиздан меҳрибонлик кўрсатиб, барча ибодат қилгувчиларга эслатма-ибрат бўлсин, деб (Айюбга) аҳли-оиласини ва улар билан қўшиб яна ўшаларнинг мислича бола-чақа ато этдик.

329-sahifa · 17-juz · 33-hizb329-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَٱسْتَجَبْنَاbas, istijobat qildikбас, истижобат қилдикلَهُۥuning (duosini)унинг (дуосини)فَكَشَفْنَاva ketkazdikва кетказдикمَاnarsaniнарсаниبِهِۦunga yetganунга етганمِن-dan-данضُرٍّۢ ۖzararзарарوَءَاتَيْنَـٰهُva unga berdikва унга бердикأَهْلَهُۥahliniаҳлиниوَمِثْلَهُمva yana shunchaniва яна шунчаниمَّعَهُمْular bilan birgaулар билан биргаرَحْمَةًۭrahmat ilaраҳмат илаمِّنْ-dan-данعِندِنَاOʻz huzurimizdanЎз ҳузуримизданوَذِكْرَىٰva eslatmaва эслатмаلِلْعَـٰبِدِينَobidlargaобидларга
TafsirТафсир

Alloh taolo Ayyub alayhissalomning odob ila qilgan duolarini qabul etdi.

«Bas, Biz uni (duosini) istijobat qildik. Unga yetgan zararni ketkazdik.»

Rivoyatlarda kelishicha, u kishi kasal boʻlgan ekan. Qanday kasalligini Allohning Oʻzi biladi. Ulamolarimiz: Ayyub alayhissalomga yetgan jirkanchli kasalliklar haqida baʼzi rivoyatlarda kelgan gaplarda mubolagʻa bor, Paygʻambarlik maqomiga ham toʻgʻri kelmaydi, deyishadi.

«Unga ahlini, ular bilan birga yana shunchani ham berdik.»

Bundan koʻrinib turibdiki, Ayyub alayhissalomga yetgan zarar ichida ahllarini, yaʼni barcha yaqin kishilari — farzandlari, qarindoshlari, doʻstlari va xizmatchilarini olish ham boʻlgan ekan. Faqat yolgʻiz xotinlarigina u zot alayhissalom bilan qolganlar. Lekin Ayyub alayhissalom sabr qilib, Allohga yolborganlaridan keyin, Alloh u kishiga ahllarini qaytarib berdi. Yana shunchaga koʻpaytirib berdi. Alloh taolo bu ishlarni behikmat qilgani yoʻq.

«Buni Oʻz rahmatimiz ila va «Obidlarga eslatma boʻlsin», deb qildik.»

Yaʼni, sabrli bandalarimiz doimo rahmatimizga noil boʻlishlarini bildirish va obidlarga ibrat uchun shunday qildik. Obid– ibodat qiluvchi shaxs. Ayyub alayhissalom obidlarning eng muxlis va mashhurlaridan edilar. Demak, obidlar ham sinov maʼnosida har xil balolarga uchrab turadilar. Obidlik–ulugʻ martaba, unga osonlik bilan erishib boʻlmaydi. Haqiqiy obidlik maqomiga erishish uchun banda anchagina sinovlardan oʻtishi kerak.

Keyingi oyatda esa, Ismoil, Idris va Zul-kifl alayhissalomlar zikr qilinadi.