QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят85

وَإِسْمَـٰعِيلَ وَإِدْرِيسَ وَذَا ٱلْكِفْلِ ۖ كُلٌّ مِّنَ ٱلصَّـٰبِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Ismoil, Idris va Zul-kiflni esla. Ularning har biri sabr qilguvchilardandir.Ва Исмоил, Идрис ва Зул-кифлни эсла. Уларнинг ҳар бири сабр қилгувчилардандир.Alauddin Mansour: Ismoilni, Idrisni va Zul-kiflni (eslang). Barchalari sabr qilguvchi zotlardandirlar.Исмоилни, Идрисни ва Зул-кифлни (эсланг). Барчалари сабр қилгувчи зотлардандирлар.

329-sahifa · 17-juz · 33-hizb329-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِسْمَـٰعِيلَva Ismoilniва Исмоилниوَإِدْرِيسَva Idrisniва Идрисниوَذَاva Zul-ва Зул-ٱلْكِفْلِ ۖkiflni (esla)кифлни (эсла)كُلٌّۭhar biriҳар бириمِّنَ-dandir-дандирٱلصَّـٰبِرِينَsabr qilguvchilardandirсабр қилгувчилардандир
TafsirТафсир

Ushbu oyatda eslatilgan zotlardan Ismoil alayhissalom maʼlum va mashhurdirlar. U kishining qissalari boshqa suralarda batafsil kelgan. Bu oyatda u zotning sabr-toqatlariga alohida urgʻu berilmoqda. Haqiqatan ham, Ismoil alayhissalom yuqori darajada sabr namunalarini koʻrsatganlar. U kishi oʻsimlik oʻsmaydigan sahrolarda sabr qilib oʻsganlar. Baytullohni qurishda otalari Ibrohim alayhissalomga sabr va matonat bilan yordam berganlar. Oʻzlarini qurbonlik uchun soʻyish amri kelganida ham sabr qilganlar.

Idris alayhissalom haqida maʼlumotlar oz. «Maryam» surasida ham zikrlari oʻtdi. Unda qavmlarining kirdikorlariga sabr qilganlari haqida soʻz ketgan edi. Ushbu oyatda ham u kishining sabr sifatlari yod etilmoqda.

Zul-kifl alayhissalom haqida maʼlumotlar yana ham oz. Hatto baʼzilar u zotni Paygʻambarlar safiga qoʻshmaydilar ham. Lekin «Anbiyo» surasida mashhur Paygʻambarlar bilan birga zikr etilishlari u zotning Paygʻambarlardan boʻlganlarini koʻrsatadi. Shu bilan birga, ushbu oyatda u kishi ham sabr qilguvchilar qatoriga qoʻshilmoqdalar.