وَذَا ٱلنُّونِ إِذ ذَّهَبَ مُغَـٰضِبًا فَظَنَّ أَن لَّن نَّقْدِرَ عَلَيْهِ فَنَادَىٰ فِى ٱلظُّلُمَـٰتِ أَن لَّآ إِلَـٰهَ إِلَّآ أَنتَ سُبْحَـٰنَكَ إِنِّى كُنتُ مِنَ ٱلظَّـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Zunnunni esla. O`shanda u g`azablangan holda chiqib ketgan edi. Bas, u Bizni o`ziga (er yuzini) tor etmas, deb gumon qildi. Zulmatlarda turib: «Sendan o`zga iloh yo`q, Sen poksan, albatta, men zolimlardan bo`ldim», deb nido qildi.Зуннунни эсла. Ўшанда у ғазабланган ҳолда чиқиб кетган эди. Бас, у Бизни ўзига (ер юзини) тор этмас, деб гумон қилди. Зулматларда туриб: «Сендан ўзга илоҳ йўқ, Сен поксан, албатта, мен золимлардан бўлдим», деб нидо қилди.Alauddin Mansour: Zunnun — Yunusning (qavmidan) gʻazablangan holda (oʻz qishlogʻidan chiqib) ketib, Bizni uning ziyoniga hukm qilmaydi, deb oʻylagan paytini, soʻng (Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan keyin) qorongʻu zulmatlarda turib: «Hech iloh yoʻq, magar Oʻzing bordirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat, men (oʻz jonimga) jabr qilguvchilardan boʻlib qoldim», deb nido qilgan (paytini eslang).Зуннун — Юнуснинг (қавмидан) ғазабланган ҳолда (ўз қишлоғидан чиқиб) кетиб, Бизни унинг зиёнига ҳукм қилмайди, деб ўйлаган пайтини, сўнг (Биз уни балиқ қорнига ташлаганимиздан кейин) қоронғу зулматларда туриб: «Ҳеч илоҳ йўқ, магар Ўзинг бордирсан, эй пок Парвардигор, дарҳақиқат, мен (ўз жонимга) жабр қилгувчилардан бўлиб қолдим», деб нидо қилган (пайтини эсланг).
Zunnundan murod, Yunus alayhissalomdir. «Nun» baliq degani, Zunnun esa, baliq egasi degani. Yunus alayhissalomni dengizda baliq yutib yuborgan, keyin qirgʻoqqa kelib, Allohning amri bilan chiqarib tashlagan. Shuning uchun, Zunnun–baliq egasi laqabini olganlar. U zotning qissalari «Soffaat» surasida keladi. Ammo, bu surada siyoqqa mos ravishda qisqacha bayon qilinmoqda.
«Zunnunni esla. Oʻshanda u gʻazablangan holda chiqib ketgan edi.»
Yaʼni, u kishi qavmlariga Allohning amrini yetkazganlarida, ular qabul qilmadilar. Yunus alayhissalom qavmlarining qilmishlaridan gʻazablanib, yurtlarini tashlab chiqib ketdilar.
«Bas, u Bizni oʻziga (yer yuzini) tor etmas, deb gumon qildi.»
Bu gumon qavmlarining sarkashligidan kelib chiqqan edi. Yunus alayhissalom ularga, sizlar Alloh amriga boʻyinsunmasangiz, bosh- qa joy qurib ketgani yoʻq, Allohning yeri keng, boshqa joyga borib daʼvat etsam, ular qabul qiladilar. Alloh men uchun yer yuzini tor etib qoʻymaydi, deganday ish qilgan edilar.
Ulamolarimiz aytishlaricha, aslida, u kishi boshqa Paygʻambarlarga oʻxshab sabr qilishlari, Allohning amrini kutishlari kerak edi. Ammo bunday qilmadilar. Qavmlariga zarda qilib, yurtlaridan chiqib ketdilar. Soʻngra, Alloh taolo, u kishini baliqqa yuttirib, sinovga uchratdi. Ana oʻshanda,
«Zulmatlarda turib», yaʼni kecha zulmati, dengiz osti zulmati va baliq qorni zulmatida turib, Alloh taologa yolborib:
«Sendan oʻzga Iloh yoʻq, Sen poksan, albatta, men zolimlardan boʻldim, deb nido qildi».
Bu gap chin ixlos bilan, Allohning ulugʻ sifatlarini eslab, oʻzining aybdorligini boʻyniga olib, najot soʻrab qilingan duo edi.