فَٱسْتَجَبْنَا لَهُۥ وَنَجَّيْنَـٰهُ مِنَ ٱلْغَمِّ ۚ وَكَذَٰلِكَ نُـۨجِى ٱلْمُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Biz uni (duosini) ijobat qildik. Unga g`amdan najot berdik. Mo`minlarga shunday najot berurmiz.Бас, Биз уни (дуосини) ижобат қилдик. Унга ғамдан нажот бердик. Мўминларга шундай нажот берурмиз.Alauddin Mansour: Bas, Biz uning (duosini) mustajob qildik va uni gʻam-gʻussadan qutqardik. Biz moʻminlarga mana shunday najot berurmiz.Бас, Биз унинг (дуосини) мустажоб қилдик ва уни ғам-ғуссадан қутқардик. Биз мўминларга мана шундай нажот берурмиз.
Yaʼni, Biz Yunusning duosini qabul qildik. Uni baliq ichidan sogʻ-salomat chiqarib, gʻamdan qutqardik. Moʻminlarni doimo shu tarzda qutqarib kelganmiz.
Imom Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam, kim gʻamga mubtalo boʻlsa, ushbu oyatdagi «La ilaha illa anta, subhanaka inni kuntu minaz-zolimiyn» duosini oʻqisa, kushoyish boʻlishini aytganlar.
Zunnun alayhissalomning qissalarida daʼvatchilar uchun katta ibrat bor. Ular har qancha toʻsiqlarga, qiyinchiliklarga uchrasalar ham, achchiqlari chiqmay, sabr qilishlari kerak boʻladi.
Endi Zakariyo alayhissalomning zikrlari keladi: