QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят89

وَزَكَرِيَّآ إِذْ نَادَىٰ رَبَّهُۥ رَبِّ لَا تَذَرْنِى فَرْدًا وَأَنتَ خَيْرُ ٱلْوَٰرِثِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Zakariyoni esla. O`shanda u Robbiga nido qilib: «Ey Robbim, meni yolg`iz tashlab qo`yma, Sen O`zing vorislarning eng yaxshisisan», degan edi.Ва Закариёни эсла. Ўшанда у Роббига нидо қилиб: «Эй Роббим, мени ёлғиз ташлаб қўйма, Сен Ўзинг ворисларнинг энг яхшисисан», деган эди.Alauddin Mansour: Zakariyoning: «Parvardigorim, meni yolgʻiz holda tashlab qoʻyma (yaʼni, menga Oʻz dargohingdan bir merosxoʻr farzand ato et), Oʻzing vorislarning yaxshirogʻidirsan (yaʼni, hammaning ortida qolguvchidirsan)», deb nido qilgan paytini (eslang).Закариёнинг: «Парвардигорим, мени ёлғиз ҳолда ташлаб қўйма (яъни, менга Ўз даргоҳингдан бир меросхўр фарзанд ато эт), Ўзинг ворисларнинг яхшироғидирсан (яъни, ҳамманинг ортида қолгувчидирсан)», деб нидо қилган пайтини (эсланг).

329-sahifa · 17-juz · 33-hizb329-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَزَكَرِيَّآva Zakariyoni (esla)ва Закариёни (эсла)إِذْoʻshandaўшандаنَادَىٰnido qilibнидо қилибرَبَّهُۥRobbigaРоббигаرَبِّey Robbimэй Роббимلَاemasэмасتَذَرْنِىmeni tashlab qoʻyginмени ташлаб қўйгинفَرْدًۭاyolgʻizёлғизوَأَنتَva Sen Oʻzingва Сен Ўзингخَيْرُeng yaxshisisanэнг яхшисисанٱلْوَٰرِثِينَvorislarningворисларнинг
TafsirТафсир

Zakariyo alayhissalomning qissalari «Oli Imron» va «Maryam» suralarida batafsil oʻtdi. Bu yerda siyoqqa mos holda ikkitagina oyatda qisqacha eclatib oʻtilmoqda.

Alloh taolo Paygʻambari Zakariyo alayhissalomni befarzandlik balosiga duchor qilgan edi. Ammo Zakariyo alayhissalom noumid boʻlmadilar. Oʻzlari va xotinlarining yoshlari oʻtib qolgan boʻlsa ham, sabr ila Allohdan farzand soʻrayverdilar.

«Va Zakariyoni esla. Oʻshanda u Robbiga nido qilib: «Ey Robbim, meni yolgʻiz tashlab qoʻyma, Sen Oʻzing vorislarning eng yaxshisisan», degan edi».

Yaʼni, Zakariyo alayhissalom Allohga, meni dunyodan befarzand holimda yolgʻiz oʻtkazma, menga farzand ber, deb iltijo qildi. Shuningdek, eng yaxshi voris Allohning Oʻzi ekanini ham qoʻshib qoʻydi. Bu bilan u kishi, men ortimdan merosxoʻr qolishini emas, din va boshqa ishlarni davom etkazuvchi farzand qolishini soʻrayapman, demoqchi boʻldilar.