QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят90

فَٱسْتَجَبْنَا لَهُۥ وَوَهَبْنَا لَهُۥ يَحْيَىٰ وَأَصْلَحْنَا لَهُۥ زَوْجَهُۥٓ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ يُسَـٰرِعُونَ فِى ٱلْخَيْرَٰتِ وَيَدْعُونَنَا رَغَبًا وَرَهَبًا ۖ وَكَانُوا۟ لَنَا خَـٰشِعِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Biz uni (duosini) ijobat etdik va unga Yahyoni hadya qildik hamda juftini o`nglab qo`ydik. Albatta, ular yaxshiliklarga shoshilishar edi va Bizga rag`bat ila va qo`rqib duo qilishar edi. Ular Bizga ta'zim ila bo`yinsunuvchi edilar.Бас, Биз уни (дуосини) ижобат этдик ва унга Яҳёни ҳадя қилдик ҳамда жуфтини ўнглаб қўйдик. Албатта, улар яхшиликларга шошилишар эди ва Бизга рағбат ила ва қўрқиб дуо қилишар эди. Улар Бизга таъзим ила бўйинсунувчи эдилар.Alauddin Mansour: Bas, Biz uning (duosini) mustajob qildik va unga Yahyoni hadya etdik hamda juftini oʻnglab (tugʻmaydigan kampirni bola koʻrishga qodir qilib) qoʻydik. Darhaqiqat, ular (yaʼni, mazkur paygʻambarlar) yaxshi ishlarni qilishga shoshar va Bizga ragʻbat va qurquv bilan duo-iltijo qilar edilar. Ular Bizga taʼzim-itoat qilguvchi edilar.Бас, Биз унинг (дуосини) мустажоб қилдик ва унга Яҳёни ҳадя этдик ҳамда жуфтини ўнглаб (туғмайдиган кампирни бола кўришга қодир қилиб) қўйдик. Дарҳақиқат, улар (яъни, мазкур пайғамбарлар) яхши ишларни қилишга шошар ва Бизга рағбат ва қурқув билан дуо-илтижо қилар эдилар. Улар Бизга таъзим-итоат қилгувчи эдилар.

329-sahifa · 17-juz · 33-hizb329-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَٱسْتَجَبْنَاbas, ijobat etdikбас, ижобат этдикلَهُۥuning (duosini)унинг (дуосини)وَوَهَبْنَاva hadya qildikва ҳадя қилдикلَهُۥungaунгаيَحْيَىٰYahʼyoniЯҳъёниوَأَصْلَحْنَاva oʻnglab qoʻydikва ўнглаб қўйдикلَهُۥuning uchunунинг учунزَوْجَهُۥٓ ۚjuftiniжуфтиниإِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларكَانُوا۟edilarэдиларيُسَـٰرِعُونَshoshilisharшошилишарفِى-ga-гаٱلْخَيْرَٰتِyaxshiliklargaяхшиликларгаوَيَدْعُونَنَاva Bizga duo qilishar ediва Бизга дуо қилишар эдиرَغَبًۭاragʻbat ilaрағбат илаوَرَهَبًۭا ۖva qoʻrqibва қўрқибوَكَانُوا۟va ular edilarва улар эдиларلَنَاBizgaБизгаخَـٰشِعِينَtaʼzim ila boʻyinsunuvchiтаъзим ила бўйинсунувчи
TafsirТафсир

Alloh taolo ushbu oyatda Zakariyo alayhissalomning duolaridan keyin boʻlgan ishlarning xabarini bermoqda. «Bas, Biz uni (duosini) ijobat etdik...» Yaʼni, Zakariyoning duosini qabul qildik. U duosida uni yolgʻiz tashlab qoʻymasligimizni soʻragan edi. Shuning uchun ham: «...unga Yahyoni hadya qildik...» Qarib qolgan chogʻida unga farzand berdik. Aslida, umumiy qoidaga qaraganda, uning farzand koʻrishi mutlaqo kutilmasdi. Chunki, oʻzi keksayib qolgan, ayoli ham qarib, tugʻishdan noumid yoshga yetgan edi. Ammo Biz uning «...juftini oʻnglab qoʻydik». Xotinini homilador boʻladigan va tugʻa oladigan qilib qoʻydik. Shu tufayli ular oʻta qarigan chogʻlarida ham farzand koʻrish imkoniga ega boʻldilar. Chunki: «...ular yaxshiliklarga shoshilishar edi...» Yaxshilikka shoshilishlari sababli duolarini qabul qildik va soʻragan narsalarini berdik. «...Bizga ragʻbat ila va qoʻrqib duo qilishar edi.» Ularning duolari gʻofillik ila va shuursiz qilingan duo emas edi. Balki, ular chin dildan ixlos bilan, qoʻrqqan hollarida duo qilardilar. Shuning uchun, mutlaqo imkonsiz ish ularga mumkin boʻldi. «Ular Bizga taʼzim ila boʻyinsunuvchi edilar.» Oʻsha xushuʼ va xuzuʼlari ham duolarining ijobati omillaridan biri boʻldi. Keyingi oyatda Bibi Maryam haqlarida xabar keladi.