QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят91

وَٱلَّتِىٓ أَحْصَنَتْ فَرْجَهَا فَنَفَخْنَا فِيهَا مِن رُّوحِنَا وَجَعَلْنَـٰهَا وَٱبْنَهَآ ءَايَةً لِّلْعَـٰلَمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Farjini pok saqlagan ayolni esla. Biz unga O`z ruhimizdan pufladik. Uni va uning o`g`lini olamlarga oyat-belgi qildik.Фаржини пок сақлаган аёлни эсла. Биз унга Ўз руҳимиздан пуфладик. Уни ва унинг ўғлини оламларга оят-белги қилдик.Alauddin Mansour: Yana oʻz nomusini saqlagan ayolni (yaʼni, Maryamni eslang). Bas, Biz Oʻz tarafimizdan boʻlgan ruhni unga pufladik (va u Isoga homilador boʻldi) va uni hamda oʻgʻlini barcha olamlar uchun oyat-ibrat qildik.Яна ўз номусини сақлаган аёлни (яъни, Марямни эсланг). Бас, Биз Ўз тарафимиздан бўлган руҳни унга пуфладик (ва у Исога ҳомиладор бўлди) ва уни ҳамда ўғлини барча оламлар учун оят-ибрат қилдик.

330-sahifa · 17-juz · 33-hizb330-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّتِىٓva oʻsha (ayol)ni eslaва ўша (аёл)ни эслаأَحْصَنَتْpok saqlaganпок сақлаганفَرْجَهَاfarjiniфаржиниفَنَفَخْنَاbas, Biz pufladikбас, Биз пуфладикفِيهَاungaунгаمِن-dan-данرُّوحِنَاOʻz ruhimizЎз руҳимизوَجَعَلْنَـٰهَاva uni qildikва уни қилдикوَٱبْنَهَآva uning oʻgʻliniва унинг ўғлиниءَايَةًۭoyat-belgiоят-белгиلِّلْعَـٰلَمِينَolamlargaоламларга
TafsirТафсир

«Farjini pok saqlagan» ayol deganda, Bibi Maryam nazarda tutilgan. Boshqa dindagilar, xususan, yahudiylar Bibi Maryamga nisbatan tuhmat qiladilar. U kishini zinoda ayblaydilar. Islom va Qurʼon esa, Bibi Maryamning pokliklarini doimo va alohida taʼkidlab yod etadi. Bu oyatda u zotni ismlari bilan emas, balki zinodan saqlanib, farjlarini pok tutganlik sifatlari bilan eslash ham shu asosdadir.

«Farjini pok saqlagan ayolni esla. Biz unga Oʻz ruhimizdan pufladik.»

Bu oyatda Jabroil alayhissalom kelib, Bibi Maryamning koʻylak yoqalaridan puflaganlarida u kishi Iyso alayhissalomga homilador boʻlganliklariga ishora bor.

«Uni va uning oʻgʻlini olamlarga oyat-belgi qildik.»

Yaʼni, Maryamni va uning oʻgʻli Iysoni butun olamlar uchun Allohning qudratiga alomat, belgi qildik.

Shu bilan anbiyolarning qissalari tugaydi. Ularning turli sinovlarga bardosh berganliklari oqibatida Allohning rahmatiga erishganliklari haqidagi gaplar toʻxtaydi.

Keyingi oyatda esa, oʻsha saʼy-harakatlarning samarasi nimaga olib kelgani ustida soʻz yuritiladi: