فَمَن يَعْمَلْ مِنَ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَلَا كُفْرَانَ لِسَعْيِهِۦ وَإِنَّا لَهُۥ كَـٰتِبُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim mo`min holida solih amallardan qilsa, sa'yi-harakati zoye ketmas. Albatta, Biz uni yozib qo`yguvchidirmiz.Ким мўмин ҳолида солиҳ амаллардан қилса, саъйи-ҳаракати зое кетмас. Албатта, Биз уни ёзиб қўйгувчидирмиз.Alauddin Mansour: Bas, kim moʻmin boʻlgan holida yaxshi amallardan qilsa, uning saʼy-harakati zoye boʻlmas — Biz uni yozib qoʻyguvchidirmiz.Бас, ким мўмин бўлган ҳолида яхши амаллардан қилса, унинг саъй-ҳаракати зое бўлмас — Биз уни ёзиб қўйгувчидирмиз.
Yaxshi amalning qabul boʻlishi va savobga erishtirishi uchun iymon shartdir. Kim iymonli boʻla turib yaxshi amallar qilsa, harakati behuda ketmaydi. Har kimning har bir ishini Alloh taolo yozib turadi. Ana shu asosda barchaga qiyomat kunida jazo yoki mukofot beriladi.