حَتَّىٰٓ إِذَا فُتِحَتْ يَأْجُوجُ وَمَأْجُوجُ وَهُم مِّن كُلِّ حَدَبٍ يَنسِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Nihoyat, Ya'juj va Ma'juj ochilib, ular har bir tepaliklardan oqib kelganlarida.Ниҳоят, Яъжуж ва Маъжуж очилиб, улар ҳар бир тепаликлардан оқиб келганларида.Alauddin Mansour: To Yaʼjuj va Maʼjuj (toʻgʻoni) ochilib, ular har bir tepalikdan oqib keladigan vaqtgacha.То Яъжуж ва Маъжуж (тўғони) очилиб, улар ҳар бир тепаликдан оқиб келадиган вақтгача.
«Kahf» surasida aytib oʻtilganidek, qiyomatning alomatlaridan biri–Zulqarnayn qurgan sadd–toʻgʻon ochilib, Yaʼjuj va Maʼjujlar chiqib ketishidir. Ushbu oyatda:
«Nihoyat, Yaʼjuj va Maʼjuj ochilib, ular har bir tepaliklardan oqib kelganlarida» deb aytilmoqda.
Demak, ular juda koʻp boʻlib, koʻpliklaridan yurganlarida xuddi sel oqqandek oqib kelar ekanlar.
«...va haq vaʼda yaqinlashgandagi holni koʻrsang...»
Yaʼni, qiyomat qoim boʻlgandagi holni koʻrsang, uning dahshatidan, qoʻrqinchi va azobidan
«...kufr keltirganlarning koʻzlari chaqchayib», yaʼni qotib qoladi.
Koʻzlarini yuma olmaydilar. Ayni paytda, oʻz hollariga yigʻlay boshlaydilar:
«Holimizga voy! Bizlar bundan gʻaflatda edik».
Yaʼni, qiyomat qoim boʻlib, hamma qayta tirilib, savol-javob, hisob-kitob, jazo-mukofot boʻlishidan gʻaflatda edik. Bunday boʻlishini oʻylab koʻrmagan edik.
«Yoʻq! Bizlar zulm qilguvchilar edik», derlar.»
Yoʻq, biz gʻaflatda emas edik. Balki, bilib turib tayyorgarlik koʻrmagan edik. Ishonmagan edik. Zulm qilgan edik, deydilar. Shunda ularning bu eʼtiroflariga munosib soʻz aytiladi: