QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят97

وَٱقْتَرَبَ ٱلْوَعْدُ ٱلْحَقُّ فَإِذَا هِىَ شَـٰخِصَةٌ أَبْصَـٰرُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يَـٰوَيْلَنَا قَدْ كُنَّا فِى غَفْلَةٍ مِّنْ هَـٰذَا بَلْ كُنَّا ظَـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va haq va'da yaqinlashgandagi holni ko`rsang, kufr keltirganlarning ko`zlari chaqchayib: «Holimizga voy! Bizlar bundan g`aflatda edik. Yo`q! Bizlar zulm qilguvchilar edik», derlar.Ва ҳақ ваъда яқинлашгандаги ҳолни кўрсанг, куфр келтирганларнинг кўзлари чақчайиб: «Ҳолимизга вой! Бизлар бундан ғафлатда эдик. Йўқ! Бизлар зулм қилгувчилар эдик», дерлар.Alauddin Mansour: Va Haq vaʼda (yaʼni, Qiyomat) yaqin boʻladigan vaqtgacha (ular yaʼni, Biz halok qilgan kimsalar qaytmaydilar). Ana u vaqtda esa kofir boʻlgan kimsalarning koʻzlari qotib: «Ey, holimizga voy, bizlar bunday (oqibatdan) gʻaflatda edik. Yoʻq, bizlar (oʻz jonlarimizga) jabr qilguvchi boʻldik», (deydilar).Ва Ҳақ ваъда (яъни, Қиёмат) яқин бўладиган вақтгача (улар яъни, Биз ҳалок қилган кимсалар қайтмайдилар). Ана у вақтда эса кофир бўлган кимсаларнинг кўзлари қотиб: «Эй, ҳолимизга вой, бизлар бундай (оқибатдан) ғафлатда эдик. Йўқ, бизлар (ўз жонларимизга) жабр қилгувчи бўлдик», (дейдилар).

330-sahifa · 17-juz · 33-hizb330-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱقْتَرَبَva yaqinlashdiва яқинлашдиٱلْوَعْدُvaʼdaваъдаٱلْحَقُّhaqҳақفَإِذَاbas, shundaбас, шундаهِىَularуларشَـٰخِصَةٌchaqchayib qolurчақчайиб қолурأَبْصَـٰرُkoʻzlariкўзлариٱلَّذِينَoʻshalarningўшаларнингكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганيَـٰوَيْلَنَاholimizga voy!ҳолимизга вой!قَدْbatahqiqбатаҳқиқكُنَّاbizlar edikбизлар эдикفِى-da-даغَفْلَةٍۢgʻaflatғафлатمِّنْ-dan-данهَـٰذَاbuбуبَلْyoʻq! balkiйўқ! балкиكُنَّاbizlar edikбизлар эдикظَـٰلِمِينَzulm qilguvchilarзулм қилгувчилар
TafsirТафсир

«Kahf» surasida aytib oʻtilganidek, qiyomatning alomatlaridan biri–Zulqarnayn qurgan sadd–toʻgʻon ochilib, Yaʼjuj va Maʼjujlar chiqib ketishidir. Ushbu oyatda:

«Nihoyat, Yaʼjuj va Maʼjuj ochilib, ular har bir tepaliklardan oqib kelganlarida» deb aytilmoqda.

Demak, ular juda koʻp boʻlib, koʻpliklaridan yurganlarida xuddi sel oqqandek oqib kelar ekanlar.

«...va haq vaʼda yaqinlashgandagi holni koʻrsang...»

Yaʼni, qiyomat qoim boʻlgandagi holni koʻrsang, uning dahshatidan, qoʻrqinchi va azobidan

«...kufr keltirganlarning koʻzlari chaqchayib», yaʼni qotib qoladi.

Koʻzlarini yuma olmaydilar. Ayni paytda, oʻz hollariga yigʻlay boshlaydilar:

«Holimizga voy! Bizlar bundan gʻaflatda edik».

Yaʼni, qiyomat qoim boʻlib, hamma qayta tirilib, savol-javob, hisob-kitob, jazo-mukofot boʻlishidan gʻaflatda edik. Bunday boʻlishini oʻylab koʻrmagan edik.

«Yoʻq! Bizlar zulm qilguvchilar edik», derlar.»

Yoʻq, biz gʻaflatda emas edik. Balki, bilib turib tayyorgarlik koʻrmagan edik. Ishonmagan edik. Zulm qilgan edik, deydilar. Shunda ularning bu eʼtiroflariga munosib soʻz aytiladi: