QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят11

وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَعْبُدُ ٱللَّهَ عَلَىٰ حَرْفٍ ۖ فَإِنْ أَصَابَهُۥ خَيْرٌ ٱطْمَأَنَّ بِهِۦ ۖ وَإِنْ أَصَابَتْهُ فِتْنَةٌ ٱنقَلَبَ عَلَىٰ وَجْهِهِۦ خَسِرَ ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةَ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْخُسْرَانُ ٱلْمُبِينُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Odamlardan Allohga bir tomonlama ibodat qiladiganlari ham bor. Agar unga yaxshilik yetsa, ko`ngli to`lur. Agar unga balo yetsa, yuz o`girib ketur. U, dunyoda ham, oxiratda ham ziyon ko`rur. Ana o`sha ochiq-oydin ziyondir.Одамлардан Аллоҳга бир томонлама ибодат қиладиганлари ҳам бор. Агар унга яхшилик етса, кўнгли тўлур. Агар унга бало етса, юз ўгириб кетур. У, дунёда ҳам, охиратда ҳам зиён кўрур. Ана ўша очиқ-ойдин зиёндир.Alauddin Mansour: Odamlar orasida Allohga bir chetda (yaʼni, sidqidildan emas, balki til uchida) ibodat qiladigan kimsalar ham bordir. Bas, agar unga (dindor boʻlgani sharofatidan) yaxshilik yetsa, oʻsha sababli xotirjam boʻlur, agar biron fitna-baxtsizlik yetsa (dindan) yuz oʻgirib ketur. U dunyo-yu Oxiratda ziyon koʻrur. Bu esa ochiq-aniq ziyondir.Одамлар орасида Аллоҳга бир четда (яъни, сидқидилдан эмас, балки тил учида) ибодат қиладиган кимсалар ҳам бордир. Бас, агар унга (диндор бўлгани шарофатидан) яхшилик етса, ўша сабабли хотиржам бўлур, агар бирон фитна-бахтсизлик етса (диндан) юз ўгириб кетур. У дунё-ю Охиратда зиён кўрур. Бу эса очиқ-аниқ зиёндир.

333-sahifa · 17-juz · 34-hizb333-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمِنَva -danва -данٱلنَّاسِodamlarодамларمَنkimsalar borкимсалар борيَعْبُدُibodat qiladiganибодат қиладиганٱللَّهَAllohgaАллоҳгаعَلَىٰ-da-даحَرْفٍۢ ۖbir tomonlama (qirra)бир томонлама (қирра)فَإِنْbas, agarбас, агарأَصَابَهُۥunga yetsaунга етсаخَيْرٌyaxshilikяхшиликٱطْمَأَنَّkoʻngli toʻlurкўнгли тўлурبِهِۦ ۖu bilanу биланوَإِنْva agarва агарأَصَابَتْهُunga yetsaунга етсаفِتْنَةٌbalo (fitna)бало (фитна)ٱنقَلَبَyuz oʻgirib keturюз ўгириб кетурعَلَىٰ-ga-гаوَجْهِهِۦyuziюзиخَسِرَziyon koʻrurзиён кўрурٱلدُّنْيَاdunyodaдунёдаوَٱلْـَٔاخِرَةَ ۚva oxiratdaва охиратдаذَٰلِكَana oʻshaана ўшаهُوَoʻshaning oʻziўшанинг ўзиٱلْخُسْرَانُziyondirзиёндирٱلْمُبِينُochiq-oydinочиқ-ойдин
TafsirТафсир

Munofiqlar Islomga faqat bir tarafni oʻylab, undan oʻzlariga yaxshilik–foyda yetishini koʻzlab kiradilar. Agar Islomga kirganidan keyin koʻzlangan foyda hosil boʻlsa, xotirjam yuraveradi. Ammo koʻzlangan foyda hosil boʻlmasa, yuz oʻgirib, dinni tark etadi. Ular bu qilmishlari bilan ikki dunyoda ham ziyon koʻradilar.

Munofiqlar subutsizliklari tufayli, avvalo bu dunyoda katta ziyon koʻradilar. Oxiratda esa, jahannamning eng qaʼriga tushadilar. Bundan ortiq ziyonkorlik boʻlmasa kerak.

Islom tijorat emaski, unga foydani koʻzlab kirilsa. Islom– iymon, eʼtiqod, Allohga bandalik qilish, uning yoʻlida jonni ham, molni ham fido etish, har xil balo-ofatlarga bardosh berish, demakdir. Ana oʻsha sinovlardan oʻtganlar ikki dunyo baxtiga sazovor boʻladilar. Ammo Islomga muayyan foydani koʻzlab kirgan, oʻsha foydaga erishsa, xursand boʻlib, erishmasa, dinni tark etib, yuz oʻgirib ketadigan munofiqlar ikki dunyoda ziyon koʻrishlari muqarrar. Aslini olganda, munofiq kimsa Islomdan, Allohdan yuz oʻgirib, qayoqqa ham borardi, kimga ham topinardi?