QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят12

يَدْعُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَضُرُّهُۥ وَمَا لَا يَنفَعُهُۥ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلضَّلَـٰلُ ٱلْبَعِيدُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, Allohni qo`yib, o`ziga zarar ham bermaydigan, manfaat ham bermaydigan narsaga iltijo qiladir. Shuning o`zi qattiq adashishdir.У, Аллоҳни қўйиб, ўзига зарар ҳам бермайдиган, манфаат ҳам бермайдиган нарсага илтижо қиладир. Шунинг ўзи қаттиқ адашишдир.Alauddin Mansour: U Allohni qoʻyib oʻziga ziyon ham, foyda ham bera olmaydigan butlarga iltijo qilur. Bu — yoʻldan qattiq ozishning oʻzidir.У Аллоҳни қўйиб ўзига зиён ҳам, фойда ҳам бера олмайдиган бутларга илтижо қилур. Бу — йўлдан қаттиқ озишнинг ўзидир.

333-sahifa · 17-juz · 34-hizb333-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَدْعُوا۟iltijo qilurилтижо қилурمِنqoʻyibқўйибدُونِoʻzga (boshqa)ўзга (бошқа)ٱللَّهِAllohniАллоҳниمَاnarsagaнарсагаلَاemasэмасيَضُرُّهُۥunga zarar beradiунга зарар берадиوَمَاva narsagaва нарсагаلَاemasэмасيَنفَعُهُۥ ۚunga manfaat beradiунга манфаат берадиذَٰلِكَshuningшунингهُوَoʻziўзиٱلضَّلَـٰلُadashishdirадашишдирٱلْبَعِيدُqattiq (uzoq)қаттиқ (узоқ)
TafsirТафсир

Allohga ibodat qilmagan, uning amriga itoat etmagan kimsa Allohdan boshqa nimagadir yoki kimgadir ibodat qiladi. Ehtimol, u narsa but, sanam boʻlar, ehtimol, oʻzining havoyi nafsi yoki molu dunyo, mansab boʻlar, balki, podshohga, biror tuzum yo hizbga sigʻinar. Lekin oʻshalar insonga haqiqiy foyda yoki zarar yetkaza oladimi? Alloh tomonidan kelgan ziyonni daf qila oladimi? Albatta, yoʻq! Demak, Alloh taoloni, har bir narsaga qodir Zotni qoʻyib, hech narsaga qudrati yetmas narsaga iltijo qilish, unga yuz tutish

«Shuning oʻzi qattiq adashishdir».

Bunday ishni qilgan odam, bunday qattiq adashgan odam

«...manfaatidan koʻra zarari yaqinroq boʻlganga iltijo qiladir».

Ha, Xudodan boshqa iltijo qilingan oʻsha narsalar aslo manfaat bermaydi. Ammo zarari yetishi aniq. Hech boʻlmaganida, unga ibodat qilgani uchun qiyomatda javob beradi. Manfaatidan koʻra zarari yaqin ana shunday narsa:

«Qanday ham yomon xoja va qanday ham yomon doʻstdir!»

Faqat zarar keltiradigan xoja, albatta, yomon xoja boʻladi-da. Faqat zarar keltiradigan doʻst, albatta, yomon doʻst boʻladi-da.

Kofir va munofiqlar taʼriflanib boʻlingach, moʻminlar sifatining vasfiga oʻtiladi: