QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят13

يَدْعُوا۟ لَمَن ضَرُّهُۥٓ أَقْرَبُ مِن نَّفْعِهِۦ ۚ لَبِئْسَ ٱلْمَوْلَىٰ وَلَبِئْسَ ٱلْعَشِيرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, manfaatidan ko`ra zarari yaqinroq bo`lganga iltijo qiladir. U qanday ham yomon xoja va qanday ham yomon do`stdir!У, манфаатидан кўра зарари яқинроқ бўлганга илтижо қиладир. У қандай ҳам ёмон хожа ва қандай ҳам ёмон дўстдир!Alauddin Mansour: U shak-shubhasiz, ziyoni foydasidan yaqinroq boʻlgan butlarga iltijo qilur. (Lekin u butlar) naqadar yomon «xoja»dir va naqadar yomon «oshno»dir!У шак-шубҳасиз, зиёни фойдасидан яқинроқ бўлган бутларга илтижо қилур. (Лекин у бутлар) нақадар ёмон «хожа»дир ва нақадар ёмон «ошно»дир!

333-sahifa · 17-juz · 34-hizb333-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَدْعُوا۟iltijo qiladirилтижо қиладирلَمَنoʻshangakiўшангакиضَرُّهُۥٓuning zarariунинг зарариأَقْرَبُyaqinroqяқинроқمِن-dan-данنَّفْعِهِۦ ۚmanfaatiманфаатиلَبِئْسَqanday ham yomonқандай ҳам ёмонٱلْمَوْلَىٰxojaхожаوَلَبِئْسَva qanday ham yomonва қандай ҳам ёмонٱلْعَشِيرُdoʻstдўст
TafsirТафсир

Allohga ibodat qilmagan, uning amriga itoat etmagan kimsa Allohdan boshqa nimagadir yoki kimgadir ibodat qiladi. Ehtimol, u narsa but, sanam boʻlar, ehtimol, oʻzining havoyi nafsi yoki molu dunyo, mansab boʻlar, balki, podshohga, biror tuzum yo hizbga sigʻinar. Lekin oʻshalar insonga haqiqiy foyda yoki zarar yetkaza oladimi? Alloh tomonidan kelgan ziyonni daf qila oladimi? Albatta, yoʻq! Demak, Alloh taoloni, har bir narsaga qodir Zotni qoʻyib, hech narsaga qudrati yetmas narsaga iltijo qilish, unga yuz tutish

«Shuning oʻzi qattiq adashishdir».

Bunday ishni qilgan odam, bunday qattiq adashgan odam

«...manfaatidan koʻra zarari yaqinroq boʻlganga iltijo qiladir».

Ha, Xudodan boshqa iltijo qilingan oʻsha narsalar aslo manfaat bermaydi. Ammo zarari yetishi aniq. Hech boʻlmaganida, unga ibodat qilgani uchun qiyomatda javob beradi. Manfaatidan koʻra zarari yaqin ana shunday narsa:

«Qanday ham yomon xoja va qanday ham yomon doʻstdir!»

Faqat zarar keltiradigan xoja, albatta, yomon xoja boʻladi-da. Faqat zarar keltiradigan doʻst, albatta, yomon doʻst boʻladi-da.

Kofir va munofiqlar taʼriflanib boʻlingach, moʻminlar sifatining vasfiga oʻtiladi: