إِنَّ ٱللَّهَ يُدْخِلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ جَنَّـٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَفْعَلُ مَا يُرِيدُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni Alloh ostilaridan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritadir. Albatta, Alloh O`zi iroda etgan narsani qiladir.Албатта, иймон келтириб, яхши амалларни қилганларни Аллоҳ остиларидан анҳорлар оқиб турган жаннатларга киритадир. Албатта, Аллоҳ Ўзи ирода этган нарсани қиладир.Alauddin Mansour: Albatta Alloh iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga doxil qilur. Albatta Alloh yolgʻiz Oʻzi xohlagan ishni qilur.Албатта Аллоҳ иймон келтирган ва яхши амаллар қилган зотларни остидан дарёлар оқиб турадиган жаннатларга дохил қилур. Албатта Аллоҳ ёлғиз Ўзи хоҳлаган ишни қилур.
Kufr yoʻlini rad etib, iymon keltirgan, iymon keltirib, unda sobit turgan, yaxshi amallarni qilgan bandalar, albatta, yaxshiliklarga erishadilar. Bu yaxshiliklarning oliy darajasi esa, Alloh taolo ularga ato etadigan
«...ostilaridan anhorlar oqib turgan jannatlar»dir.
Buning Allohga hech qiyin joyi yoʻq:
«Albatta, Alloh Oʻzi iroda etgan narsani qiladir».
Kelasi oyatda Allohning ikki dunyoda nusrat berishidan shubhalanganlarning holi nima kechishi bayon qilinadi: