QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят15

مَن كَانَ يَظُنُّ أَن لَّن يَنصُرَهُ ٱللَّهُ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةِ فَلْيَمْدُدْ بِسَبَبٍ إِلَى ٱلسَّمَآءِ ثُمَّ لْيَقْطَعْ فَلْيَنظُرْ هَلْ يُذْهِبَنَّ كَيْدُهُۥ مَا يَغِيظُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kimki unga bu dunyoyu oxiratda Alloh nusrat berishiga shubha qilsa, bir vosita topib, osmonga osilsin, so`ngra uni kessin. Bas, nazar solsin-chi, uning bu hiylasi g`am-g`ussani ketkizarmikan?!Кимки унга бу дунёю охиратда Аллоҳ нусрат беришига шубҳа қилса, бир восита топиб, осмонга осилсин, сўнгра уни кессин. Бас, назар солсин-чи, унинг бу ҳийласи ғам-ғуссани кеткизармикан?!Alauddin Mansour: (Albatta Alloh Oʻz paygʻambariga yordam berur, endi) kimda-kim: «Alloh hargiz unga yordam qilmas», deb gumon qilguvchi boʻlsa, u holda bir arqon bilan osmonga-shiftga osilib, (oʻzini yerdan) uzsin (yaʼni, oʻzi uchun dor yasab, unga osilsin), soʻng qarasin — bu nayrangi gʻazabini ketkazarmikan.(Албатта Аллоҳ Ўз пайғамбарига ёрдам берур, энди) кимда-ким: «Аллоҳ ҳаргиз унга ёрдам қилмас», деб гумон қилгувчи бўлса, у ҳолда бир арқон билан осмонга-шифтга осилиб, (ўзини ердан) узсин (яъни, ўзи учун дор ясаб, унга осилсин), сўнг қарасин — бу найранги ғазабини кетказармикан.

333-sahifa · 17-juz · 34-hizb333-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَنkimkiкимкиكَانَboʻlsaбўлсаيَظُنُّgumon qilsa (shubha qilsa)гумон қилса (шубҳа қилса)أَن-ki-киلَّنemasэмасيَنصُرَهُunga nusrat beradiунга нусрат берадиٱللَّهُAllohАллоҳفِى-da-даٱلدُّنْيَاbu dunyoбу дунёوَٱلْـَٔاخِرَةِva oxiratва охиратفَلْيَمْدُدْbas, choʻzib osilsinбас, чўзиб осилсинبِسَبَبٍbir vosita bilanбир восита биланإِلَى-ga-гаٱلسَّمَآءِosmonосмонثُمَّsoʻngraсўнграلْيَقْطَعْuni kessinуни кессинفَلْيَنظُرْbas, nazar solsinбас, назар солсинهَلْ-mikan-миканيُذْهِبَنَّketkizarкеткизарكَيْدُهُۥuning bu hiylasiунинг бу ҳийласиمَاnarsaniнарсаниيَغِيظُgʻazablantirgan (gʻam-gʻussa)ғазаблантирган (ғам-ғусса)
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimaning maʼnosi haqida tafsir ulamolari ikki xil fikr aytganlar. Bu ikki xillik oyati karimadagi:

«Kimki unga bu dunyoyu oxiratda Alloh nusrat berishiga shubha qilsa» jumlasidagi «unga» soʻzining kimga ishora qilayotgani xususidagi bahsdan kelib chiqqan. Baʼzi ulamolarimiz, «unga»dan maqsad shubha qilayotgan shaxsning oʻzi, deydilar. Shu maʼno oyatning siyoqiga ham toʻgʻri keladi. Oldingi oyatda moʻminning taʼrifi keltirilgan edi, bu oyatda esa, kofirning holati bayon qilinmoqda. Kofir odam Alloh oʻziga yordam berishiga shubha qiladi. Unday holda, u oʻziga yordam topish uchun ilojini qilib, vosita topsin-da, osmonga chiqib, yordamni uzib olsin. Yoki oʻzini oʻzi ossin. Soʻngra bir

«nazar solsin-chi, uning bu hiylasi gʻam-gʻussani ketkizarmikan?!»

Allohga iymoni yoʻq kishining holi shunday boʻladi. Uning balo- ofatdan, gʻam-gʻussadan qutulishga chorasi yoʻq. Allohga iymoni boʻlmagani uchun undan nusrat kelishiga ham umid qilmaydi. Shuning uchun, yo osmonga chiqib, yordam topsin, yo, unday qila olmasa, oʻzini ossin. Boshqa iloji yoʻq.

Boshqa ulamolarimiz, oyatdagi «unga»dan murod Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamdir, deydilar. Unda, kimki Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Alloh nusrat berishini xohlamasa, bir vosita topib, unga yordam kelayotgan osmonga chiqib, oʻsha yordamni uzib-kesib qoʻysin yoki oʻzini oʻzi ossin. Keyin «nazar solsin-chi, uning bu hiylasi gʻam-gʻussasini ketkizarmikan», degan maʼno chiqadi. Yaʼni, kofirlar har qancha urinsalar ham, turli choralar koʻrsalar ham, baribir, Alloh taolo Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga yordam–nusrat beraveradi. Kofirlar hech chiday olmasalar, oʻzlarini oʻzlari ossinlar. Baribir, Alloh azza va jalla Muhammad sollallohu alayhi vasallamga yordam–nusrat beraveradi.