QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят16

وَكَذَٰلِكَ أَنزَلْنَـٰهُ ءَايَـٰتٍۭ بَيِّنَـٰتٍ وَأَنَّ ٱللَّهَ يَهْدِى مَن يُرِيدُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mana shunday qilib, Biz u(Qur'on)ni ochiq-oydin oyatlar holida nozil qildik. Albatta, Alloh xohlagan kishilarni hidoyat qiladir.Мана шундай қилиб, Биз у(Қуръон)ни очиқ-ойдин оятлар ҳолида нозил қилдик. Албатта, Аллоҳ хоҳлаган кишиларни ҳидоят қиладир.Alauddin Mansour: Biz uni (yaʼni, Qurʼonni) mana shunday aniq-ravshan oyatlar(dan iborat) boʻlgan holida nozil qildik. Albatta Alloh Oʻzi istagan kishilarni hidoyat qilur.Биз уни (яъни, Қуръонни) мана шундай аниқ-равшан оятлар(дан иборат) бўлган ҳолида нозил қилдик. Албатта Аллоҳ Ўзи истаган кишиларни ҳидоят қилур.

334-sahifa · 17-juz · 34-hizb334-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَكَذَٰلِكَva mana shundayва мана шундайأَنزَلْنَـٰهُuni nozil qildikуни нозил қилдикءَايَـٰتٍۭoyatlar holidaоятлар ҳолидаبَيِّنَـٰتٍۢochiq-oydinочиқ-ойдинوَأَنَّva albattaва албаттаٱللَّهَAllohАллоҳيَهْدِىhidoyat qiladirҳидоят қиладирمَنkishilarniкишиларниيُرِيدُxohlaganхоҳлаган
TafsirТафсир

Alloh taolo Oʻzining abadiy moʻʼjizasi, oxirgi kitobi Qurʼoni Karimni ochiq-oydin oyatlar holida tushirib qoʻygan. Uni kishilar oʻqib-oʻrganib, hidoyat topishlari uchun shunday qilgan.

«Albatta, Alloh xohlagan kishilarni hidoyat qiladir.»

Ushbu jumladan bir-birini toʻldiruvchi ikki maʼno kelib chiqadi.

Birinchisi: albatta, Alloh hidoyatga kirishni xohlagan kishilarni hidoyat qiladi. Xohlamaganlarni majbur qilmaydi.

Ikkinchi maʼno: albatta, Alloh Oʻzi xohlagan kishilarni hidoyat qiladi. Xohlamagan kishilarni hidoyat qilmaydi.

Alloh taolo bu dunyodagi barcha ishlar kabi, hidoyat va zalolat masalasini ham turli sabablarga bogʻliq qilib qoʻygan. Oʻsha sabablarni ishga solganlar hidoyat topishi mumkin. Misol uchun, Alloh insonga aql, tafakkur, qobiliyat bergan, Paygʻambar yuborgan, ilohiy kitob tushirgan, ana oʻshalardan toʻgʻri foydalangan inson hidoyat topadi. Lekin hidoyatning asosiy sababchisi oʻsha vositalar emas. Balki Alloh taolodir. Oʻsha vositalar ishga tushgandan keyin ham Allohning irodasi boʻlmasa, biron kishi hidoyat topa olmaydi. Chunki, bu dunyoda har bir narsa Allohning irodasiga bogʻliq. Shu jumladan, hidoyat masalasi ham.