إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَٱلَّذِينَ هَادُوا۟ وَٱلصَّـٰبِـِٔينَ وَٱلنَّصَـٰرَىٰ وَٱلْمَجُوسَ وَٱلَّذِينَ أَشْرَكُوٓا۟ إِنَّ ٱللَّهَ يَفْصِلُ بَيْنَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ شَهِيدٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Alloh qiyomat kuni iymon keltirganlar, yahudiy bo`lganlar, sobiiylar, nasorolar, majusiylar va shirk keltirganlar orasida O`zi ajrim qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga shohiddir.Албатта, Аллоҳ қиёмат куни иймон келтирганлар, яҳудий бўлганлар, собиийлар, насоролар, мажусийлар ва ширк келтирганлар орасида Ўзи ажрим қилур. Албатта, Аллоҳ ҳар бир нарсага шоҳиддир.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, iymon keltirgan zotlar, yahudiy boʻlgan kimsalar, sobiylar (farishtalarga sigʻinuvchilar), nasroniylar, majusiylar (otashparastlar) va mushrik boʻlgan kimsalar — aniqki Alloh Qiyomat Kunida ularning oʻrtasini ajrim qilur (yaʼni, moʻminlarni jannatga doxil qilur, kofirlarni doʻzaxga giriftor qilur). Albatta Alloh barcha narsaga guvohdir.Дарҳақиқат, иймон келтирган зотлар, яҳудий бўлган кимсалар, собийлар (фаришталарга сиғинувчилар), насронийлар, мажусийлар (оташпарастлар) ва мушрик бўлган кимсалар — аниқки Аллоҳ Қиёмат Кунида уларнинг ўртасини ажрим қилур (яъни, мўминларни жаннатга дохил қилур, кофирларни дўзахга гирифтор қилур). Албатта Аллоҳ барча нарсага гувоҳдир.
Bu dunyoda oʻzini bilib, hidoyat topishga intilib, Allohning inoyati ila moʻmin-musulmon boʻlib oʻtganlar qatorida haq yoʻldan adashib, turli eʼtiqod va tuzumlarda yashab oʻtganlar ham bor. Kim boʻlishidan qatʼinazar, albatta, bu dunyodan oʻtadi. Dunyodalik chogʻida har kim oʻz yoʻlini toʻgʻri deb daʼvo qilishi mumkin. Demak, kim toʻgʻri yoʻlda boʻlganini ajrim qilish oxiratga qoladi. Ushbu oyati karimada ana oʻsha oxiratga qolgan ajrim kim tomonidan va qachon boʻlishi aytilmoqda.
«Iymon keltirganlar»–Allohga, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga inongan va ular tomonidan amr etilgan amallarni ado etib, yashab oʻtgan musulmon bandalardir.
«Yahudiy boʻlganlar»–yahudiy diniga eʼtiqod qilib, oʻsha din talabi asosida yashagan kishilar.
«Sobiiylar»–yulduzlarga ibodat qilib yashagan maʼlum bir qavmlar.
«Nasorolar»–masiyhiylar. Iyso alayhissalomga iymon keltirib, Injilga amal qilib yashaganlar.
«Majusiylar»–otashparastlar.
«Shirk keltirganlar»–Allohga shirk keltirib, turli but va sanamlarga ibodat qiluvchilar.
Bular oʻsha paytdagi, oyatlar tushayotgan mintaqadagi mashhur toifalar edi. Albatta, ularning har biri oʻzini haq deb bilar va oʻzgalarning yoʻlini notoʻgʻri hisoblar edi.
Ushbu oyati karima hammaga barobar ravishda Alloh taolo oralarini qiyomat kuni ajrim qilishini eʼlon etmoqda. Hammasini U zotning Oʻzi bilib ajrim qiladi.
«Albatta, Alloh har bir narsaga shohiddir.»
Shu jumladan, mazkur toifalarning eʼtiqodlariga, ibodatlariga va qilmishlariga ham shohiddir.
Odamzot turlicha fikrda, eʼtiqodda, mayl va tasarrufotlarda yuravermasdan, bir mulohaza qilib koʻrsa, ulkan haqiqatga guvoh boʻladi. Shuning uchun ham, kelasi oyatda inson taammul qilishga daʼvat etiladi: