QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят18Sajda oyatiСажда ояти

أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يَسْجُدُ لَهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ وَٱلشَّمْسُ وَٱلْقَمَرُ وَٱلنُّجُومُ وَٱلْجِبَالُ وَٱلشَّجَرُ وَٱلدَّوَآبُّ وَكَثِيرٌ مِّنَ ٱلنَّاسِ ۖ وَكَثِيرٌ حَقَّ عَلَيْهِ ٱلْعَذَابُ ۗ وَمَن يُهِنِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِن مُّكْرِمٍ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَفْعَلُ مَا يَشَآءُ ۩

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlardagi kimsalar, yerdagi kimsalar, quyosh, oy, yulduzlar, tog`lar, daraxtlar, jonivorlar va odamlardan ko`plari, albatta, Allohga sajda qilishini ko`rmaysanmi? Ko`plariga esa, azob haq bo`ldi. Kimni Alloh xor qilsa, uni ikrom qilguvchi bo`lmas. Albatta, Alloh xohlagan narsasini qiladir.Осмонлардаги кимсалар, ердаги кимсалар, қуёш, ой, юлдузлар, тоғлар, дарахтлар, жониворлар ва одамлардан кўплари, албатта, Аллоҳга сажда қилишини кўрмайсанми? Кўпларига эса, азоб ҳақ бўлди. Кимни Аллоҳ хор қилса, уни икром қилгувчи бўлмас. Албатта, Аллоҳ хоҳлаган нарсасини қиладир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz osmonlardagi va Yerdagi bor jonzot, quyosh, oy, yulduzlar, togʻlar, dov-daraxtlar va (barcha) jonivorlar hamda koʻpdan-koʻp insonlar (yolgʻiz) Allohga sajda qilishini koʻrmadingizmi? Koʻp (odamlarga esa kofir boʻlganlari sababli) azob haq boʻlgandir. Kimni Alloh xor qilib qoʻysa, bas, uni (hech kim) aziz qilguvchi boʻlmas. Albatta Alloh Oʻzi xohlagan narsani qilur.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз осмонлардаги ва Ердаги бор жонзот, қуёш, ой, юлдузлар, тоғлар, дов-дарахтлар ва (барча) жониворлар ҳамда кўпдан-кўп инсонлар (ёлғиз) Аллоҳга сажда қилишини кўрмадингизми? Кўп (одамларга эса кофир бўлганлари сабабли) азоб ҳақ бўлгандир. Кимни Аллоҳ хор қилиб қўйса, бас, уни (ҳеч ким) азиз қилгувчи бўлмас. Албатта Аллоҳ Ўзи хоҳлаган нарсани қилур.

334-sahifa · 17-juz · 34-hizb334-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَمْemasmiэмасмиتَرَsen koʻrasanсен кўрасанأَنَّ...ki...киٱللَّهَAllohgaАллоҳгаيَسْجُدُsajda qilurсажда қилурلَهُۥUngaУнгаمَنkimsalarкимсаларفِى-dagi-дагиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَمَنva kimsalarва кимсаларفِى-dagi-дагиٱلْأَرْضِyerерوَٱلشَّمْسُva quyoshва қуёшوَٱلْقَمَرُva oyва ойوَٱلنُّجُومُva yulduzlarва юлдузларوَٱلْجِبَالُva togʻlarва тоғларوَٱلشَّجَرُva daraxtlarва дарахтларوَٱلدَّوَآبُّva jonivorlarва жониворларوَكَثِيرٌۭva koʻplariва кўплариمِّنَ-dan-данٱلنَّاسِ ۖodamlarодамларوَكَثِيرٌva koʻplariва кўплариحَقَّhaq boʻldiҳақ бўлдиعَلَيْهِuning ustigaунинг устигаٱلْعَذَابُ ۗazobазобوَمَنva kimniва кимниيُهِنِxor qilsaхор қилсаٱللَّهُAllohАллоҳفَمَاbas, emasбас, эмасلَهُۥungaунгаمِنhechҳечمُّكْرِمٍ ۚikrom qilguvchiикром қилгувчиإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳيَفْعَلُqiladiқиладиمَاnarsasiniнарсасиниيَشَآءُ ۩xohlaganхоҳлаган
TafsirТафсир

Demak, dunyodagi barcha mavjudot Alloh taologa sajda qiladi. Ularning qanday sajda qilishini Allohning Oʻzi biladi.

«Osmonlardagi kimsalar, yerdagi kimsalar Allohga sajda qiladi»,deb qoʻyilsa, kifoya edi, butun borliqning sajda qilishi tushunaverilar edi. Lekin

«quyosh, oy, yulduzlar, togʻlar, daraxtlar, jonivorlar», debbaʼzi maxluqlar alohida qayd etildi, chunki baʼzi odamlar oʻsha maxluqlarga–quyosh, oy va yulduzlarga sajda qiladilar.

Oyatda oʻsha narsalarning Allohga sajda qilishini taʼkidlashdan maqsad ular xudo boʻla olmasligini yana bir bor taʼkidlashdir.

Togʻlar, daraxtlar va jonivorlar doimo odamlarning koʻzi oʻngida turadigan narsalar. Ularning Allohga sajda qilishlarini taʼkidlash odamlarga katta tanbehdir. Butun borliq, jamiyki mavjudot Allohga sajda qilayotgani aytilgan boʻlsa ham, odamlarga kelganda, «koʻplari» sajda qilishlariga ishora etilmoqda. Ha, faqat odam bolasigina Allohga isyon qiladi. Hamma narsa Allohga istisnosiz sajda qilsa ham, odam bolasidan baʼzilari sajda qilmaydi.

Shuning uchun ham:

«Koʻplariga esa, azob haq boʻldi».

Allohga sajda qilmagani uchun, kofir boʻlgani uchun ularga azob haq boʻldi. Allohning azobiga duchor boʻlganlar ikki dunyoda xordir.

«Kimni Alloh xor qilsa, uni ikrom qilguvchi boʻlmas.»

Olamlarning Robbi xorlab qoʻyganidan keyin uni kim ham aziz qila olardi?!

«Albatta, Alloh xohlagan narsasini qiladir.»

Kofirlarni xorlashni xohlaganidan keyin xor qiladi, albatta.

Hanafiy mazhabidan boshqa mazhablar eʼtirofiga koʻra, «Haj» surasida ikki sajda oyati bor. Hanafiy mazhabi boʻyicha esa, «Haj» surasining 77-oyati namozda rukuʼ va sajda qilishga buyruq boʻlgani uchun, bu oyat alohida sajda oyati hisoblanmaydi. Binobarin, Hanafiy mazhabi boʻyicha, «Haj» surasida faqat bitta sajda oyati bor: 18-oyat. Yaʼni ushbu oyati karimadir. Boshqa sajda oyatlari kabi bu oyatni ham oʻqigan yoki eshitgan kishi uchun sajda qilish vojib boʻladi. Oyatning maʼnosi ham shuni taqozo qiladi. Sajda qilish inson uchun ulkan sharafdir. Inson sajda bilan mukarram boʻlgan.

Imom Muslim hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Qachonki odam bolasi sajda oyatini oʻqisa, shayton chetga chiqib yigʻlaydi va: «Voy shoʻrim, Odam sajdaga amr qilinganida, sajda qildi. Endi u jannatga kiradi. Menga sajda qilishga amr boʻlganida, bosh tortdim. Endi doʻzaxga kiraman», deydi», deganlar.

Imom Ahmad ibn Hanbal Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda, shunday deyiladi:

«Men «Ey, Allohning Rasuli, «Haj» surasi boshqa suralardan ikkita sajda bilan afzal qilinganmi, deb soʻradim. Ul zot sollallohu alayhi vasallam:

«Ha, kim ikki sajdani qilmasa, u surani oʻqimasin», dedilar».

Qiyomatda ajrimdan keyin qanday holat boʻlishini quyidagi oyat bayon qiladi: