QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят19

۞ هَـٰذَانِ خَصْمَانِ ٱخْتَصَمُوا۟ فِى رَبِّهِمْ ۖ فَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ قُطِّعَتْ لَهُمْ ثِيَابٌ مِّن نَّارٍ يُصَبُّ مِن فَوْقِ رُءُوسِهِمُ ٱلْحَمِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mana bu ikki g`anim Robbilari haqida talashgan edilar. Bas, kufr keltirganlarga olovdan kiyim bichildi. Boshlari ustidan o`ta qaynoq suv quyilar.Мана бу икки ғаним Роббилари ҳақида талашган эдилар. Бас, куфр келтирганларга оловдан кийим бичилди. Бошлари устидан ўта қайноқ сув қуйилар.Alauddin Mansour: Mana shu ikki gʻanim (yaʼni, moʻminlar bilan kofirlar) Parvardigorlari(ning haq dini) xususida talashdilar (yaʼni, moʻminlar Allohning haq dini boʻlmish Islomning gʻolib boʻlishini istadilar, kofirlar esa bu dinni yoʻq qilmoqchi boʻldilar). Bas, kofir boʻlgan kimsalar uchun oʻtdan boʻlgan kiyimlar bichildi, (endi) ularning boshlaridan qaynoq suv quyulib;Мана шу икки ғаним (яъни, мўминлар билан кофирлар) Парвардигорлари(нинг ҳақ дини) хусусида талашдилар (яъни, мўминлар Аллоҳнинг ҳақ дини бўлмиш Исломнинг ғолиб бўлишини истадилар, кофирлар эса бу динни йўқ қилмоқчи бўлдилар). Бас, кофир бўлган кимсалар учун ўтдан бўлган кийимлар бичилди, (энди) уларнинг бошларидан қайноқ сув қуюлиб;

334-sahifa · 17-juz · 34-hizb334-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ هَـٰذَانِmana bu ikkisiмана бу иккисиخَصْمَانِikki gʻanimdirикки ғанимдирٱخْتَصَمُوا۟talashdilarталашдиларفِىhaqidaҳақидаرَبِّهِمْ ۖRobbilariРоббилариفَٱلَّذِينَbas, oʻshalarбас, ўшаларكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганقُطِّعَتْbichildiбичилдиلَهُمْular uchunулар учунثِيَابٌۭkiyimlarкийимларمِّن-dan-данنَّارٍۢolovоловيُصَبُّquyiladiқуйиладиمِن-dan-данفَوْقِustidanустиданرُءُوسِهِمُboshlariбошлариٱلْحَمِيمُoʻta qaynoq suvўта қайноқ сув
TafsirТафсир

Robbilari haqida talashganlar oʻtgan oyatda bir necha toifa deb vasf qilinsa ham, aslida, ikkiga boʻlinadi. Moʻminlar va kofirlar. Kofirlarning nomlari, turlari har xil boʻlsa ham, bir millat– kufr millati hisoblanadi. Shuning uchun ham, qiyomatda ularni bir tarafga, moʻminlarni bir tarafga qoʻyib turib, hukm chiqariladi.

«Mana bu ikki gʻanim Robbilari haqida talashgan edilar.»

Mana bu ikki raqib–moʻminlar guruhi bilan kofirlar guruhi Alloh taolo haqida talashib-tortishgan edilar. Har tomon oʻzining gapini maʼqullagan, oralaridagi bahsni ajrim qilish qiyomatga qolgan edi. Endi qiyomat boʻlib, Robbilarining Oʻzi ajrim chiqarmoqda.

«Bas, kufr keltirganlarga olovdan kiyim bichildi.»

Kufr keltirganlar kim boʻlsa ham, qanday holda kufr keltirsalar ham, qanday nom bilan nomlansalar ham, baribir doʻzaxga hukm qilindilar. Ularga doʻzax olovidan kiyim bichildi. Ammo bu hali hammasi emas. Soʻngra,

«Boshlari ustidan oʻta qaynoq suv quyilar».

Azob ustiga azob boʻladi. Olovdan tikilgan kiyimni kiyib, jahannam otashida kuyib turishlariga qaramay, azob yanada shiddatli boʻlishi uchun boshlaridan oʻta qaynoq suv quyiladi.