وَٱلَّذِينَ سَعَوْا۟ فِىٓ ءَايَـٰتِنَا مُعَـٰجِزِينَ أُو۟لَـٰٓئِكَ أَصْحَـٰبُ ٱلْجَحِيمِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirmoqchi bo`lib, sa'yi-harakat qilganlar, ana o`shalar jahiym egalaridir.Бизнинг оятларимизни ожиз қолдирмоқчи бўлиб, саъйи-ҳаракат қилганлар, ана ўшалар жаҳийм эгаларидир.Alauddin Mansour: Bizning oyatlarimiz bilan olishishga uringan kimsalar — ular doʻzax egalaridir.Бизнинг оятларимиз билан олишишга уринган кимсалар — улар дўзах эгаларидир.
Yaʼni, oyatlarimiz kishilarga yetib bormasligi, ularga taʼsir oʻtkazmasligi uchun harakat qilgan kofir buzgʻunchilar, albatta, doʻzaxiy boʻladilar.
Keyingi oyatda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga oʻzlaridan oldin oʻtgan Paygʻambarlarda oʻrnak borligi eslatiladi: