ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْحَقُّ وَأَنَّهُۥ يُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ وَأَنَّهُۥ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu(holat)lar ko`rsatadiki, albatta, Alloh haq Zotdir va, albatta, U o`liklarni tiriltiradi hamda U har bir narsaga qodirdir.Бу(ҳолат)лар кўрсатадики, албатта, Аллоҳ ҳақ Зотдир ва, албатта, У ўликларни тирилтиради ҳамда У ҳар бир нарсага қодирдир.Alauddin Mansour: Bunga sabab Alloh Haq ekani va Uning Oʻzi oʻliklarga hayot berishi hamda U hamma narsaga qodir ekanligidir.Бунга сабаб Аллоҳ Ҳақ экани ва Унинг Ўзи ўликларга ҳаёт бериши ҳамда У ҳамма нарсага қодир эканлигидир.
Yaʼni, oʻtgan oyatda zikr qilingan hodisalardan ochiq-oydin koʻrinadiki, shubhasiz, Alloh taolo haqdir, bordir, birdir. Shularga qodir boʻlgan Zotning oʻliklarni tiriltirishiga ham shubha yoʻqdir. Qisqa qilib aytganda:
«...U har bir narsaga qodirdir».
Uning qudrati yetmaydigan hech narsa yoʻqdir.