وَأَنَّ ٱلسَّاعَةَ ءَاتِيَةٌ لَّا رَيْبَ فِيهَا وَأَنَّ ٱللَّهَ يَبْعَثُ مَن فِى ٱلْقُبُورِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va, albatta, soat (qiyomat) kelguvchidir, bunga shubha yo`q. Va, albatta, Alloh qabrlardagi kimsalarni tiriltirur.Ва, албатта, соат (қиёмат) келгувчидир, бунга шубҳа йўқ. Ва, албатта, Аллоҳ қабрлардаги кимсаларни тирилтирур.Alauddin Mansour: Yana aniqki, (Qiyomat) soati shak-shubhasiz, kelguvchidir va albatta Alloh qabrlardagi bor jonzotni tiriltirur.Яна аниқки, (Қиёмат) соати шак-шубҳасиз, келгувчидир ва албатта Аллоҳ қабрлардаги бор жонзотни тирилтирур.
Oldingi oyatda zikr qilingan holatlar ochiq-oydin koʻrsatadiki: «...albatta, soat (qiyomat) kelguvchidir, bunga shubha yoʻq». Qiyomat qoim boʻlishi turgan gap. Bu borada ikkilanishga oʻrin yoʻq. Tayyorgarlikni koʻrib qoʻyish kerak. «Va, albatta, Alloh qabrlardagi kimsalarni tiriltirur.» Bunga baʼzi odamlar ishonmasa ham, baribir boʻladigan ish. Hozircha ishonmaslar, lekin qabrlaridan tirilib chiqqanlarida ishonmasdan ilojlari qolmaydi. Ammo unda kech boʻladi. Shuncha dalil-hujjatlar boʻlib turib ham: