وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يُجَـٰدِلُ فِى ٱللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍ وَلَا هُدًى وَلَا كِتَـٰبٍ مُّنِيرٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Odamlardan Alloh haqida ilmsiz (holda), hidoyatga yoki nurli kitobga ega bo`lmasdan turib tortishadiganlari bor.Одамлардан Аллоҳ ҳақида илмсиз (ҳолда), ҳидоятга ёки нурли китобга эга бўлмасдан туриб тортишадиганлари бор.Alauddin Mansour: Odamlar orasida oʻzi bilmagan va (Haq yoʻliga) hidoyat topmagan holida, biron nurli Kitobsiz (yaʼni, aniq hujjatsiz) Alloh xususida mujodala qiladigan kimsalar ham bordir.Одамлар орасида ўзи билмаган ва (Ҳақ йўлига) ҳидоят топмаган ҳолида, бирон нурли Китобсиз (яъни, аниқ ҳужжатсиз) Аллоҳ хусусида мужодала қиладиган кимсалар ҳам бордир.
Yaʼni, shunday johil odamlar borki, uning na ilmi bor, na bir toʻgʻri yoʻlga boshlovchi hidoyati bor, na nurli kitobi bor, ammo Alloh haqida tortishaveradi.
Odatda, tortishish uchun, avvalo, ilm boʻlishi kerak. Ammo u odam ilmsiz ham tortishaveradi.
Tortishmoqchi boʻlgan odamning yoʻlga boshlovchi hidoyati boʻlishi kerak. Ammo u odamning hech qanday hidoyati, yoʻl boshlovchisi boʻlmasa ham, Alloh haqida tortishaveradi.
Tortishadigan odamning yoʻlini yoritib turuvchi kitobi boʻlishi kerak, u oʻsha kitobga suyanib, asoslanib, tortishishi mumkin. Ammo u odam, kitobi boʻlmasa ham, Alloh haqida tortishaveradi. Xoʻsh, uning maqsadi nima, nega asossiz tortishaveradi?