ثَانِىَ عِطْفِهِۦ لِيُضِلَّ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ لَهُۥ فِى ٱلدُّنْيَا خِزْىٌ ۖ وَنُذِيقُهُۥ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ عَذَابَ ٱلْحَرِيقِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning yo`lidan adashtirish uchun, bo`ynini bulqab (tortishar). Unga dunyoda rasvolik bor. Qiyomat kuni unga kuydirish azobini tottiramiz.Аллоҳнинг йўлидан адаштириш учун, бўйнини булқаб (тортишар). Унга дунёда расволик бор. Қиёмат куни унга куйдириш азобини тоттирамиз.Alauddin Mansour: (Toʻgʻri Yoʻldan) boʻyin burib, (oʻzgalarni ham) Alloh yoʻlidan ozdirish uchun. U (kimsalar) uchun bu dunyoda rasvolik-sharmandalik boʻlur, Qiyomat Kunida esa unga oʻt azobini totdirurmiz.(Тўғри Йўлдан) бўйин буриб, (ўзгаларни ҳам) Аллоҳ йўлидан оздириш учун. У (кимсалар) учун бу дунёда расволик-шармандалик бўлур, Қиёмат Кунида эса унга ўт азобини тотдирурмиз.
Demak, u nobakor insonning boʻynini bulqab, takabburlik qilib, bilimsiz, hidoyatsiz, nurli kitobsiz holda Alloh haqida tortishishdan maqsadi odamlarni Allohning yoʻlidan adashtirishdir. Shu qilgani uchun:
«Unga dunyoda rasvolik bor».
Tarixga nazar solsak, mutakabbirlik bilan odamlarni Allohning yoʻlidan adashtirish uchun Alloh xususida tortishganlarning hammasi bu dunyoning oʻzida rasvoi olam boʻlganlar. Bu haqiqatni uzoq tariximizda ham, yaqin tariximizda ham, kechagi kunimizda ham koʻrish mumkin. Bundan keyin ham koʻriladi. Ammo unday betayinlarga bu dunyoda rasvolik yogʻilishi bilan gunohlaridan poklanib qolmaydilar. Alloh taolo taʼkidlab:
«Qiyomat kuni unga kuydirish azobini tottiramiz», demoqda.
Haqiqiy rasvolik ana oʻshanda boʻladi. Shu bilan birga, uning oʻziga xitob qilib, demoqdaki: