لَّهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَهُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Albatta, Alloh, Uning O`zigina behojat va maqtalgan Zotdir.Осмонлару ердаги нарсалар Уникидир. Албатта, Аллоҳ, Унинг Ўзигина беҳожат ва мақталган Зотдир.Alauddin Mansour: Osmonlardagi va Yerdagi bor narsa Unikidir. Darhaqiqat, Allohning Oʻzigina behojat va hamdu sano Sohibidir.Осмонлардаги ва Ердаги бор нарса Уникидир. Дарҳақиқат, Аллоҳнинг Ўзигина беҳожат ва ҳамду сано Соҳибидир.
Yaʼni, Alloh taolo osmonlaru yerdagi narsalarga ega boʻlganidan, ularni xohlaganicha tasarruf qiladi. U zotning hech bir narsaga hojati yoʻq. Shunday ham maqtalgan, hamdu sano egasi boʻlgan zotdir. Oʻzidan boshqa yordamchiga uning hojati boʻlmaganidek, birovning maqtoviga ham hojati yoʻqdir.