QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят65

أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ سَخَّرَ لَكُم مَّا فِى ٱلْأَرْضِ وَٱلْفُلْكَ تَجْرِى فِى ٱلْبَحْرِ بِأَمْرِهِۦ وَيُمْسِكُ ٱلسَّمَآءَ أَن تَقَعَ عَلَى ٱلْأَرْضِ إِلَّا بِإِذْنِهِۦٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ بِٱلنَّاسِ لَرَءُوفٌ رَّحِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh yerdagi narsalarni, dengizda O`z izni ila yuradigan kemani sizlarga bo`ysundirib qo`yganini hamda osmonni iznisiz yerga tushishdan tutib turishini ko`rmadingizmi?! Albatta, Alloh odamlarga shafqatli va mehribondir.Аллоҳ ердаги нарсаларни, денгизда Ўз изни ила юрадиган кемани сизларга бўйсундириб қўйганини ҳамда осмонни изнисиз ерга тушишдан тутиб туришини кўрмадингизми?! Албатта, Аллоҳ одамларга шафқатли ва меҳрибондир.Alauddin Mansour: Alloh sizlarga Yerdagi narsalarni va dengizda Uning amri bilan suzib ketayotgan kemalarni boʻysundirib qoʻyganini, hamda Oʻzi osmonni Yerga qulab tushishdan tutib turishini, magar (osmon) Uning izni-irodasi bilangina (qulashi mumkinligini) koʻrmadingizmi?! Darhaqiqat, Alloh odamlarga mehribon va rahmlidir.Аллоҳ сизларга Ердаги нарсаларни ва денгизда Унинг амри билан сузиб кетаётган кемаларни бўйсундириб қўйганини, ҳамда Ўзи осмонни Ерга қулаб тушишдан тутиб туришини, магар (осмон) Унинг изни-иродаси билангина (қулаши мумкинлигини) кўрмадингизми?! Дарҳақиқат, Аллоҳ одамларга меҳрибон ва раҳмлидир.

340-sahifa · 17-juz · 34-hizb340-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَمْemasmiэмасмиتَرَkoʻrdingкўрдингأَنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳسَخَّرَboʻysundirib qoʻydiбўйсундириб қўйдиلَكُمsizlargaсизларгаمَّاnarsalarniнарсаларниفِى-dagi-дагиٱلْأَرْضِyerdagiердагиوَٱلْفُلْكَva kemaniва кеманиتَجْرِىyuradiganюрадиганفِى-da-даٱلْبَحْرِdengizdaденгиздаبِأَمْرِهِۦOʻz izni ilaЎз изни илаوَيُمْسِكُva tutib tururва тутиб турурٱلسَّمَآءَosmonniосмонниأَن-dan-данتَقَعَtushishidanтушишиданعَلَى-ga-гаٱلْأَرْضِyergaергаإِلَّاmagarмагарبِإِذْنِهِۦٓ ۗUning izni ilaУнинг изни илаإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳبِٱلنَّاسِodamlargaодамларгаلَرَءُوفٌۭalbatta, shafqatliалбатта, шафқатлиرَّحِيمٌۭmehribondirмеҳрибондир
TafsirТафсир

Insof bilan fikr ishlatib qaralsa, Alloh taolo yer yuzidagi hamma narsalarni inson foydasi uchun, unga boʻysunadigan, unga beminnat xizmat qiladigan qilib qoʻygan.

«Alloh yerdagi narsalarni, dengizda Oʻz izni ila yuradigan kemani sizlarga boʻysundirib qoʻyganini hamda osmonni iznisiz yerga tushishdan tutib turishini koʻrmadingizmi?!»

Havodan tortib, toshu toqqacha, nabototu jamodot, katta-kichik jonzotlar, hamma-hammasi inson uchun xizmatkor. Unga boʻysunadi. Ularning evaziga insondan haq talab qilinmaydi.

Dengizga nazar soling, ushbu oyatda soʻz dengizda yurayotgan kema haqida aytilayotgan boʻlsa ham, boshqa narsalarga-da ishorat bor. Dengiz va undagi hamma narsalar ham inson uchundir, beminnat xizmatkordir.

Qolaversa, cheksiz osmonni olaylik. Inson boshi ustida muallaq turgan osmon. Uni kim tutib turibdi? Albatta, Alloh. Shuning oʻzi inson uchun katta mehribonlik emasmi?

«Albatta, Alloh odamlarga shafqatli va mehribondir.»

Lekin Alloh taoloning ishi yuqorida zikr qilingan narsalar bilan chegaralanib qolmaydi.