QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят66

وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَحْيَاكُمْ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يُحْيِيكُمْ ۗ إِنَّ ٱلْإِنسَـٰنَ لَكَفُورٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlarni tiriltirgan, keyin o`ldiradigan, so`ngra (qayta) tiriltiradigan ham Uning O`zidir. Albatta, inson o`ta noshukrdir.Сизларни тирилтирган, кейин ўлдирадиган, сўнгра (қайта) тирилтирадиган ҳам Унинг Ўзидир. Албатта, инсон ўта ношукрдир.Alauddin Mansour: U sizlarga hayot bergan, soʻngra (ajallaringiz yetganida) oʻlim beradigan, soʻngra (Qiyomat qoyim boʻlganida yana) hayot beradigan Zotdir. Darhaqiqat, inson kufroni neʼmat qilguvchidir.У сизларга ҳаёт берган, сўнгра (ажалларингиз етганида) ўлим берадиган, сўнгра (Қиёмат қойим бўлганида яна) ҳаёт берадиган Зотдир. Дарҳақиқат, инсон куфрони неъмат қилгувчидир.

340-sahifa · 17-juz · 34-hizb340-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَهُوَva Uва Уٱلَّذِىٓshunday zotkiшундай зоткиأَحْيَاكُمْsizlarni tiriltirdiсизларни тирилтирдиثُمَّkeyinкейинيُمِيتُكُمْsizlarni oʻldirurсизларни ўлдирурثُمَّsoʻngraсўнграيُحْيِيكُمْ ۗsizlarni qayta tiriltirurсизларни қайта тирилтирурإِنَّalbattaалбаттаٱلْإِنسَـٰنَinsonинсонلَكَفُورٌۭalbatta, oʻta noshukrdirалбатта, ўта ношукрдир
TafsirТафсир

Odam bolasi yuqoridagi oyatlarda zikr qilingan, insonga Alloh tomonidan boʻysundirilgan narsalarni, berilgan neʼmatlarni bir tomonga surib, oʻziga bir qarasin.

Insonga hayot berib, uni yoʻqdan bor qilgan kim?!

Albatta, Alloh! Ana shu Zotga shukr qilib, unga iymon keltirib, uning ibodatini qilsa, boʻlmasmidi?!

Bu dunyoda yashab yurgan insonni oʻldiradigan kim?!

Albatta, Alloh! Shunday ekan, oʻlim kelmasidan avval odam bolasi oʻzini oʻnglasa boʻlmasmidi?!

Oʻlganlarni qiyomat kuni qayta tiriltiradigan, ularni soʻroq- savolga tutadigan, qilganiga yarasha mukofot yoki jazo beradigan kim?!

Albatta, Alloh! Shunday ekan, inson oʻsha kunga tayyorgarlik koʻrsa boʻlmasmidi?!

Ha, ey odamlar!

«Sizlarni tiriltirgan, keyin oʻldiradigan, soʻngra (qayta) tiriltiradigan ham Uning Oʻzidir.»

Shuning uchun ham, sizlar U zotga iymon keltirib, ibodat qilib, Uning bergan neʼmatlariga shukr qilib oʻtmogʻingiz kerak. Lekin koʻpchilik insonlar bundoq qilmaydi.

«Albatta, inson oʻta noshukrdir.»

Shuning uchun ham, Allohga kufr keltiradi. Unga isyon qiladi. Uning koʻrsatgan yoʻlidan yurmaydi.

Endi Alloh taolo Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib, mushrik va kofirlarning talashib-tortishishlariga, turli diydiyolariga qaramasdan, yoʻllarida sobit qadam bilan borishga undaydi: