QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят67

لِّكُلِّ أُمَّةٍ جَعَلْنَا مَنسَكًا هُمْ نَاسِكُوهُ ۖ فَلَا يُنَـٰزِعُنَّكَ فِى ٱلْأَمْرِ ۚ وَٱدْعُ إِلَىٰ رَبِّكَ ۖ إِنَّكَ لَعَلَىٰ هُدًى مُّسْتَقِيمٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz har bir ummatga shariat berganmiz. Ular o`shanga amal qilguvchilardir. Bas, bu ishda hargiz sen ila nizo qilmasinlar. Robbingga da'vat qil. Albatta, sen mustaqiym hidoyatdasan.Биз ҳар бир умматга шариат берганмиз. Улар ўшанга амал қилгувчилардир. Бас, бу ишда ҳаргиз сен ила низо қилмасинлар. Роббингга даъват қил. Албатта, сен мустақийм ҳидоятдасан.Alauddin Mansour: Biz barcha millatga qurbonlik qilish (qonunini) buyurganmiz — ular oʻsha (qonunga) amal qilguvchidirlar. Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ular siz bilan (qurbonlik) ishi xususida hargiz talashmasinlar! Siz (odamlarni) Parvardigoringizga daʼvat qiling! Albatta siz Toʻgʻri Yoʻl ustidadirsiz.Биз барча миллатга қурбонлик қилиш (қонунини) буюрганмиз — улар ўша (қонунга) амал қилгувчидирлар. Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), улар сиз билан (қурбонлик) иши хусусида ҳаргиз талашмасинлар! Сиз (одамларни) Парвардигорингизга даъват қилинг! Албатта сиз Тўғри Йўл устидадирсиз.

340-sahifa · 17-juz · 34-hizb340-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لِّكُلِّhar birҳар бирأُمَّةٍۢummatgaумматгаجَعَلْنَاBiz berdikБиз бердикمَنسَكًاshariatшариатهُمْularуларنَاسِكُوهُ ۖoʻshanga amal qilguvchilarўшанга амал қилгувчиларفَلَاbas, hargiz emasбас, ҳаргиз эмасيُنَـٰزِعُنَّكَsen ila nizo qilmasinlarсен ила низо қилмасинларفِى-da-даٱلْأَمْرِ ۚbu ishdaбу ишдаوَٱدْعُva daʼvat qilва даъват қилإِلَىٰ-ga-гаرَبِّكَ ۖRobbinggaРоббинггаإِنَّكَalbatta, senалбатта, сенلَعَلَىٰalbatta, ustidasanалбатта, устидасанهُدًۭىhidoyatҳидоятمُّسْتَقِيمٍۢmustaqiymмустақийм
TafsirТафсир

Yaʼni, sendan ilgari oʻtgan Paygʻambarlarning ummatlariga ham oʻzlariga yarasha shariat berganmiz. Ular oʻzlariga berilgan oʻsha shariatga amal qilib kelganlar. Endi kelib, Makka mushriklari senga «Bu gapni qayerdan olding», demasinlar. Shariat haqida, Alloh taolo Oʻzi amr etgan yoʻl haqida sen bilan tortishmasinlar. Sen hech eʼtibor bermay:

«Robbingga daʼvat qil».

Sening asosiy ishing shudir. Mushriklar bilan tortishish emas. Xayoling har tomonga burilmasin.

«Albatta, sen mustaqiym hidoyatdasan.»

Ular esa, uzoq adashuvdadirlar.